From Wikipedia, the free encyclopedia
Said ibn Vaqqos masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan[1]. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib turadi.
Masjid | |
Said ibn Vaqqos masjidi Said ibn Vaqqos | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Shahar | Nurafshon |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Umumiy maydoni | 1 gektar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik |
Said ibn Vaqqos jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Nurafshon shahrida joylashgan. Mazkur masjidga har kuni 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Nurashfon sharining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Oxunboboyev, Bobur shox koʻchasi, Dehqonobod, Ismatilla Xakimov, Guzar, Navroʻz, Baxt, Uchqun, Olmazor, Uchqun, Ozodlik, Nafosat, Erkinlik, Yaxshi niyat, Xayat,Obod, Sportchilar, Mirzayeva, Xurramlik bosh koʻchasi, Uchqun, Baxor, Sharofiddinov, Eyvalak va Toshkent yoʻli bosh koʻchasidan istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi.
Masjid 2021-yil 26-avgust kuni yangi bino qurilishi masalasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar boʻlimi mudiri Muhammadnazar Qayumov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar, saxovatpesha homiylar, mahalla aholisi ishtirok etdi. Eski masjid binosi qurilganiga ham oʻttiz yildan oshgan ketgan boʻlib, ushbu masjidda bor-yoʻgʻi 200 kishi namoz oʻqishi mumkin boʻlgan. Shuningdek, eski masjid binosi temir yoʻlga yaqin hududda joylashganligi sabab, poyezdlar oʻtib-qaytishi oqibatida masjid devorlariga darz ketgan edi. Tahoratxona ham talabga javob bermay qolgan edi. Shuni inobatga olib, mutasaddilar bilan maslahatlashib, hokimiyat va homiylar koʻmagida yangi jomeʼ-masjid uchun boshqa hududdan 1 gektar yer maydoni ajratildi. Ayni paytda ushbu joyda 900 oʻrinli yangi jomeʼ-masjid binosi, hamda, yangi tahoratxona ham barpo etilishni boshladi[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.