Oʻzbekiston musulmonlari idorasi — Oʻzbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943-yil 20-oktabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari qurultoyida taʼsis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan.
Maqomi | amalda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1943-yil 20-oktabr |
Joylashuvi | Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 43-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Muftiy | Nuriddin Xoliqnazarov |
Oʻziga tegishli tashkilotlar |
hududiy vakilliklar, Vaqf xayriya jamoat fondi Toshkent islom instituti |
Vebsayti | muslim.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili, Rus tili, Arab tili |
Tarixi
Bu tashkilot 1992-yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan, 1996-yildan hozirgi nomi bilan ataladi.
Bo'linish, islohot va nomni o'zgartirish
U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora Oʻzbekistondagi musulmonlar oʻrtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. Moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehson, yordamchi xoʻjaliklar va boshqalar hisobiga taʼminlanadi. Idora rahbar organi — Oliy hayʼat. Uning raisi muftiy hisoblanadi. Idoraning huquqshunoslik, xalqaro aloqalar, taʼlim va kadrlar tayyorlash, masjidlar va fatvo boʻlimlari bor. Toshkent islom institutida (1971) va oʻnta oʻrta maxsus islom bilim yurti (shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurti)da kadrlar yetishtiriladi. Idora muassisligida „Hidoyat“ jurnali va „Islom nuri“ gaz. nashr etiladi. Idora tasarrufidagi „Movarounnahr“ nashriyoti diniy adabiyotlar, diniy taqvim va boshqalarni chop etadi. Musulmonlar idorasi xorijiy mamlakatlardagi koʻpgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Har yili davlat tomonidan belgilangan kvota asosida minglab kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. Idora oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonunga rioya qiladi.
Tuzilishi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida“gi 2003-yil 22-avgustdagi 364-son qaroriga asosan idora qoshida maxsus jamgʻarma tashkil etildi.
Muftiy
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi
- Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1943—1957)
- Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1957—1982)
- Shamsiddinxon Boboxonov (1982—1989)
- Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1989—1992)
Movarounnahr musulmonlari idorasi
- Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1992—1993)
- Muxtorjon Abdullayev (1993—1996)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
- Muxtorjon Abdullayev (1996—1997)
- Abdurashid Bahromov (1997—2006)
- Usmonxon Olimov (2006—2021)[1][2]
- Nuriddin Xoliqnazarov (2021—hozirgacha)[3]
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.