From Wikipedia, the free encyclopedia
Shamsiddinxon Boboxonov (1937—2003) – oʻzbek arabshunos olimi, filologiya fanlari doktori, diplomat, muallim, qori, diniy va jamoat arbobi, 1982-89 yillarda – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi va 5 ta Respublika muftiysi.
Shamsiddinxon Boboxonov | |
---|---|
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi | |
Mansab davri 1982-yil – 1989-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon[1] |
Vorisi | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 8-aprel 1937-yil |
Vafoti |
15-aprel 2003-yil (66 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
OʻzSSR Oʻzbekiston |
Otasi | Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon |
Kasbi | qori, tarjimon |
Dini | Islom, Naqshbandiya |
Mukofotlari | Andoza:Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot |
Shamsiddinxon Ziyovuddinxon oʻgʻli Boboxonov1937 yili Toshkentning Hazrati Imom mavzeidagi Tikkoʻcha mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan.
Ilk diniy taʼlimni bobosi muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxondan, otam muftiy Ziyouddin ibn Eshon Boboxondan oʻrgangan, ilohiyot, fiqh, tasavvuf, mantiq va shu kabi ijtimoiy fanlardan saboq olgan. Ayni paytda 28-sonli oʻrta maktabda oʻqib, uni 1955 yili tugatgan. 1960 yili Toshkent chet tillar institutining ingliz tili fakultetini bitirgan, 1962-1966 yillar davomida Qohiradagi Al-Azhar dorilfununida oʻqigan. Keyin SSSR Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik institutining aspiranturasida tahsil olgan, 1970 yili shu institutda arab tilida sonlar silsilasi mavzuida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.[2]
2003-yil 15-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi "Gʻoyib-ota" qabristonidagi oilaviy sagʻanasiga dafn etilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.