![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/44/Rishton_tumani.png/640px-Rishton_tumani.png&w=640&q=50)
Rishton tumani
Fargʻona viloyatidagi tuman / From Wikipedia, the free encyclopedia
Rishton tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1959-yil 7-martda Soʻx tumani bilan birlashtirilgan. 1990-yil 27-fevralda Soʻx tumani ajralib chiqqan. Shim.dan Bagʻdod, jan.sharqdan Oltiariq, gʻarbdan Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumanlari, janubdan Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,42,1 ming km². Aholisi 2023-yil maʼlumotlariga koʻra 212,2 ming kishi[4]. Tumanda 1 ta shahar (Rishton) va bir nechta qishloq fuqarolari yigʻini (Chuburgʻon, Uyrat, Pandigon, Tegirmonboshi, Navbahor, Beshkapa, Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev, Boʻston, Yoyilma, Zoxidon, Mehnatobod, Oqoltin, Oqyer, Rishton, Toʻda, Dutir, Qayragʻoch) bor. Markazi — Rishton shahri[5].
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Fargʻona viloyati |
Maʼmuriy markazi | Rishton |
Yirik shahari | Rishton[1] |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Hokim | Bahodir Xoliqov[2] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 212 283 kishi (2023) [3] |
Millatlar tarkibi | oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar, sartlar. |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Pochta indeksi | 151301 |
Rasmiy sayti | www.rishton.uz |
Xaritada | |
![]() | |
40°21′0.0″N 71°16′59.9″E |
Yopish