From Wikipedia, the free encyclopedia
Sart — (savdogar), XIX — XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoning ayrim viloyatlarida (Farg'ona, Toshkent, Xorazm) ijtimoiy tabaqa boʻlgan. Buxoro amirligida bu nom ishlatilmagan.[1]
Rossiya imperiyasi davrida hokimiyat tomonidan „Sart“ soxta millati bilan birgalikda „sart“ soxta tilini yaratishga urinish boʻlgan, ammo bu tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchragan.[2]
11 asr filologi Mahmud Qoshg'ariy sart atamasini savdogar ma'nosida ishlatgan.[3]
Rossiya imperiyasi davrida Samarqandlik ma'rifatparvar Mahmudx'oja Behbudiy sart atamasini mustamlakachilar tomonidan o'zbeklarga nisbatan qo'llanilishini tanqid qilib chiqqan edi.[4]
1922-yilda «Aq job qozoq» gazetasi sart so’zini Toshkent aholisiga nisbatan qo'llaganda o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy bu maqolani tanqid qilgan. Mustamlakachi Ostroumov to’raning davrilarini eslatib yuboryapti deb yozgandi Qodiriy. «Biz, o'zbeklar, kimlar tomonidan bo’lsa bo’lsun, ismimizga qaysi maqsad bilandir taqilgan «sart» so’ziga qarshi kurashdik».[5]
Rossiya mustamlakachilik siyosati tarafdori Erdmanning fikricha sart alohida til boʻlgan[6] va sartlar oʻzbek tiliga assimilyatsiya boʻlib yoʻqolib ketgan.[7]
„Frazi na sartovskom yazike“ (Sart tilidagi iboralar) deb nomlangan sartcha-ruscha soʻzlashgich boʻlib, 1884 yili Z.A Alekseev muallifligida Toshkentda chop etilgan. 1926 yildan boshlab "sart" nomi aholi roʻyxati va siyosiy muhokamalardan chiqarib tashlandi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.