From Wikipedia, the free encyclopedia
Reduplikatsiya (lot. reduplicatio ikkilanish, qoʻshaloqlanish) (tilshunoslikda) — soʻzdagi dastlabki boʻgʻinni yoki oʻzakni, butun soʻzni takror qoʻllash bilan takroriy soʻz, grammatik shakl hosil qilish usulidan iborat fonomorfologik hodisa. Shu nuqtai nazardan qisman va toʻliq R. turlari farqlanadi. hozirgi oʻzbek tilida soʻz shaklining bu turi koʻplik, davomiylik va takroriylik kabi grammatik maʼnolarni ifodalaydi. R. yoʻli bilan hosil qilingan birliklarda leksikgrammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiladi. Mas, balandbaland (imoratlar), dastadasta (gul), kulakula, oʻshaoʻsha, mingminglab kabi. Har qanday soʻzning takror holda (ketmaket) qoʻllanishi bilan R. vujudga kelmaydi, yaʼni soʻzning takroriy shakli hosil boʻlavermaydi. R. jahondagi turli tuzumdagi koʻplab tillarga xos hodisa boʻlib, uning vazifasi ham xilmaxildir: Mas, R. rarotonga tilida maʼnoni kuchaytirsa (tupu — oʻsmoq, tutupu — gurkirab oʻsmoq), malayya tilida koʻplikni hosil qilishning asosiy usuli (orang — odam, orangorang — odamlar) hisoblanadi. Baʼzi adabiyotlarda "R." termini "takroriy shakl", "takroriy soʻz" terminlari bilan sinonim tarzida qoʻdlanadi. Nemat Mahkamov.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.