![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/Blason_Serdaigle.svg/languz-640px-Blason_Serdaigle.svg.png&w=640&q=50)
Ravenclaw
From Wikipedia, the free encyclopedia
Reyvenklo (ing. Ravenclaw) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: aql-idrok, ijod, teran fikrlar va donolik. Reyvenklo talabalarining shiori: "Oʻlchovlardan ziyod aql – insonning eng buyuk boyligidir" (ing. "wit beyond measure is manʼs greatest treasure")[1]. Ramzi – Burgut (filmlarda qarg’aga almashtirilgan). Asosiy ranglari – koʻk va bronzarang (filmlarda koʻk va kumushranga almashtirilgan). Dekan – afsunlar boʻyicha professor Filius Flitvik. Fakultet arvohi – Kulrang Xonim. Asoschi – Rovena Reyvenklo. 7-kitobga koʻra Kulrang Xonim hayotida Rovena Reyvenkloning qizi va uning ismi Helena boʻlgan[1]. J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra Reyvenklo havo unsuriga toʻgʻri keladi[2]
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/Blason_Serdaigle.svg/320px-Blason_Serdaigle.svg.png)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/Hogwarts_Ravenclaw_colors.svg/75px-Hogwarts_Ravenclaw_colors.svg.png)
.