![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b1/Qorako%2527l_tumani.png/640px-Qorako%2527l_tumani.png&w=640&q=50)
Qorakoʻl tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qorakoʻl tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. Shimoliy va Shimoli-sharqdan Jondor tumani, janubi-sharqdan Olot tumani, janubiy va gʻarbdan Turkmanistonning Lebap viloyati, shimoli-gʻarbdan Romitan tumani bilan chegaradosh. Maydoni 9,84 ming km². Aholisi 145,3 ming kishi (2013). Tumanda 8 ta shaharcha (shahar tipidagi pasolka), 42 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Sayot, Shoʻrobod, Qulonchi, Qorakoʻl, Qozon, Dargʻali, Quyi Yangibozor, Quvvacha, Chandirobod, Jigʻachi, Qoraxoji, Qoraun, Chovli, Mallaishayx, Ziyorat, Bandboshi), 50 ta mahalla fuqarolar yigʻini bor. Markazi — Qorakoʻl shahri[2].
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Buxoro viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qorakoʻl |
Asos solingan sanasi | 1926 |
Hokimi | Sherali Salomov Husenovich[1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
![]() | |
39°30′36″N 63°50′46″E |
Yopish