![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d7/Olot_tuman.jpg/640px-Olot_tuman.jpg&w=640&q=50)
Olot tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Olot tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1943-yil 14-fevralda tashkil etilgan. 1960-yil Qorakoʻl tumaniga qoʻshilgan. 1973-yil 26-dekabrda qayta tashkil etilgan. 1983-yildan yana Qorakoʻl tuman i tarkibida. 1989-yildan Olot tumani yana aloxida tuman maqo-miga ega boʻldi. Buxoro viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Jan., janubi-sharqdan Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbdan eng katta masofada (75 km) Turkmanistonning Lebap viloyati (Amudaryo orqali), shimoli-gʻarb va Shimoli-sharqtomondan Buxoro viloyatining Jondor, Qorakoʻl, Buxoro, Qorovulbozor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,22 ming km². Aholisi 77,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Olot), 8 shaharcha (Ganchi Chandir, Kesakli, Qirtay, Sola qorovul, Jayxunobod, Oʻzbekiston, Chovdur, Boʻribek Chandir) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bahoriston, Guliston, Denov, Jumabozor, Kirlishon, Paxtakor, Soyinqorovul, Tolqonsayot, Chandir, Boʻston, Chorbogʻ) bor. Markazi — Olot shahri
Olot tumani Алатский район | |
---|---|
![]() | |
29°24′54″N 63°48′12″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hukumat | |
Nargiza Nematova[1] | |
Asos solingan | 1943 |
Maydon | 3,230 km2 (1,250 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Oʻzbek |
Aholisi | 101 300 |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 200201 |
Avtomobil kodi | 80 |