From Wikipedia, the free encyclopedia
Qora dumli kalamush yoki Tukli paxmoq quyruq[1] (lotincha: Conilurus penicillatus) – sichqonlar oilasiga mansub kemiruvchilar turi.
Qora quyruqli kalamush | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||
| ||||||||||
Tana uzunligi 15 dan 22 sm gacha, quyruq uzunligi 18 dan 23 sm gacha, oyoq uzunligi 40 dan 45 mm gacha, quloqlari uzunligi 25 dan 30 mm gacha, vazni 190 g gacha[2] boʻladi. Tuklari ingichka va qattiq. Orqa rangi kulrang-jigarrang, uzun qora tuklari bor, qorin va orqa oyoqlari esa oq rangga ega. Quloqlari oʻrtacha darajada kattalikda. Oyoqlari choʻzinchoq va ingichka. Quyruq qismi boshi va tanasidan uzunroq.
Ushbu tur Avstraliya va Yangi Gvineya orolllarida (Papua – Yangi Gvineya) keng tarqalgan. Avstraliyada, ilgari mussonli shimolning koʻp qismida, shu jumladan Groot orollarida topilgan. Hozirgi vaqtda bu tur oʻzining tarixiy tarqalish hududining 20 foizidagina uchraydi. Gʻarbiy Avstraliya va Shimoliy hududda kengligi taxminan 30 km boʻlgan tor qirgʻoq chizigʻi bilan cheklangan hududlardagina yashaydi.
Asosan evkalipt oʻrmonlarida, oʻtloq yoki butazor ostidagi savannalarda yashaydi. Dengiz sathidan 60 metr balandlikdagi qirgʻoq oʻtloqlarida ham uchraydi va asosan tungi turmush tarzini olib boradi. Ratsionda birinchi navbatda urugʻlar (ayniqsa oʻtlarniki), shuningdek, mevalar, umurtqasizlar, barglar va oʻtlar mavjud.
Koʻpayish mavsumi yomgʻirli mavsumning oxirida va quruq mavsumning boshida boshlanadi va martdan oktyabrgacha davom etadi. Hayvonlar uyalarini daraxt kovaklarida va zich barglar orasida quradilar.
36 kunlik homiladorlikdan keyin urgʻochilar 1 tadan 4 tagacha (odatda 3) bola tugʻadilar. Bolalari 20 kunlik yoshida mustaqil boʻlishadi. Yiliga bir necha marotaba bolalashi mumkin. Boshpana sifatida esa asosan ichi boʻsh (kovak) daraxtlardan foydalanishadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.