From Wikipedia, the free encyclopedia
„Qimorboz“ — Fyodor Mixaylovich Dostoevskiyning ilk marta 1866-yilda nashr etilgan romani.
Muallif(lar) | F.M.Dostoyevskiy |
---|---|
Til | ruscha |
Janr(lar)i | roman |
Avvalgisi | Jinoyat va jazo |
Keyingisi | Telba |
1863-yilda Fyodor Dostoyevskiy dam olish uchun Viesbadenga keladi. U yerda bir necha kunlar ichida qimor oʻynab, nafaqat oʻzining, balki doʻsti Polina Suslovaning ham barcha naqd pullarini sovurib yuboradi. Ushbu qarzlaridan qutulish maqsadida esa „Qimorboz“ nomli yangi romanini tezroq yozib tugatish uchun nashriyot bilan shartnoma tuzdi.
Dostoyevskiy Bad Homburgga uch marta tashrif buyuradi. U yerda kazinoda qimor oʻynab, ruletda bir necha bor katta miqdordagi pullarini yoʻqotadi va ohir-oqibat umidsizlikka tushadi. Romanni yozishda muallif Bad Homburg taassurotlaridan foydalangan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, „Qimorboz“ romani Sankt-Peterburgdagi Stolyarniy duradgorlik xiyobonida yozilgan[1].
Ushbu roman ustida ishlayotgan Fyodor Dostoyevskiy doʻsti A. P. Milyukovning maslahati bilan asarni ilk marta oʻz qoʻli bilan yozishga emas, balki stenograf xizmatidan foydalanishga qaror qiladi. Avvaliga Dostoyevskiy darhol rozi boʻlmaydi, chunki bunday usul uning uchun gʻayrioddiy edi. Ammo ish jarayonida u oʻziga Anna Snitkina ismli stenograf yollaydi va tez orada u bilan yaqinlashib, unga uylanadi. Toʻydan soʻng, kelin-kuyov asal oyi uchun Yevropaga, xususan, ruletka hikoyasi takrorlangan Baden-Badenga sayohatga boradilar. Shundan soʻng, Dostoyevskiy xotiniga boshqa qimor oʻynamaslikka vaʼda beradi va haqiqatan ham hayotining soʻnggi 10 yilida biror marta ham qimor oʻynamaydi.
Romanning mavzusi qimor oʻyinlariga boʻlgan ehtirosdir. Romandagi Polina Aleksandrovna obrazi hayotda barcha pullarini sovurib yuborgan Dostoyevskiyning doʻsti Suslova hisoblanadi. Asardagi qimorbozning Polina bilan ogʻriqli munosabatlari ham Dostoevskiy va Suslova oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning aksidir.
Inson uchun endilikda hayotning asl maʼnosi oʻyin va yoki hatto hayotning oʻzi ham emas, balki borliqning yagona va ekzistensial mohiyatiga aylangan ehtiros haqida hikoya qiluvchi roman. Voqealar Germaniyaning Ruletenburg nomli kurort shahrida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramon Aleksey Ivanovich isteʼfodagi generalning oilasi bilan uning bolalariga oʻqituvchi sifatida sayohatga chiqadi. Oiladagi har bir kishi katta merosga ega boʻlish ilinjida buvisining oʻlimini kutishayotgan boʻladi. Ayni paytda bosh qahramon Aleksey generalning o‘gay qizi boʻlmish Polinani sevib qoladi. Ammo qizning oʻzi esa fransuz yigiti de Griega oshiq boʻladi. Bu orada hamma oʻlimini intizorlik bilan kutayotgan kampir shaharga, ularning oldiga butunlay sogʻlom tarzda tashrif buyuradi, kampir ruletka oʻynashga juda qiziqadi va shu tufayli u ham boyligining bir qismini qimorda yoʻqotadi. Aleksey Polina uchun qimorda katta miqdorda pul yutib olib yordam berishga harakat qiladi, lekin magʻrur qiz Alekseydan bu pullarni qabul qilmaydi. Hikoyaning barcha qahramonlari birmuncha vaqt bir-birlarini koʻrmaydilar, Alekseyning oʻzi qimorbozga aylanadi va oradan ikki yil oʻtgach, aslida Polina ham uni sevganiga amin boʻladi.
Romanda XIX asrda Yevropada muomalada boʻlgan turli xildagi pul birliklari nomlari keltirib oʻtilgan. Xususan, taler, fridrixsdor, florin, gulden, frank va rubl tilga olingan. Hayajon va xavf darajasini yanada yaxshiroq tushuntirish maqsadida quyida romanda nomlari keltirilgan valyutalarning rubl shaklidagi nisbati keltirib oʻtiladi:
Shunday qilib, qayta hisob-kitob qilinganda, Aleksey Ivanovichning Parijga joʻnab ketganidan keyingi yutugʻi taxminan 61 ming rublni (200 000 frank) tashkil etgani oydinlashadi. U bu pullarni sarf etib boʻlgandan keyin yiliga 220 rubl maosh evaziga kotiblik lavozimiga ishga kiradi.
„Qimorboz“ romani asosida Sergey Prokofyev tomonidan opera yaratiladi va ushbu opera uchun Sergey Prokofyevning oʻzi roman asosida libretto yozadi. Opera premyerasi 1929-yilda Bryusselda, keyinchalik 1974-yildagina Moskvada boʻlib oʻtadi.
„Qimorboz“ romani koʻp bora ekranlashtirilgan, shuningdek, asar asosida teatrlashtirilgan bir qancha spektakllar ham mavjud:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.