From Wikipedia, the free encyclopedia
Qayroq — Oʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida tarqalagan jismi sadolanuvchi (idiofon) urma cholgʻu asbobi[1].
Turi |
Urma-zarbli cholgʻu asbobi |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Kastanetlar |
Qayroq zarbli cholgʻular guruhiga kiradi. Uning tuzilishi yapaloq, tekis qilib silliqlangan ikki juft yupqa choʻzinchoq qoratoshdan iborat boʻlib, turli ritmik-usullarni ijro etish va raqs kuylarida asar koloritini boyitish maqsadida qoʻllanadi. Xorazmda qayroqlarning bir jufti temirdan va bir jufti esa toshqayroqdan iborat boʻladi[2].
Ijrochi har bir qoʻliga bir juftdan qayroq olib, ularni bir-biriga urib, silkitib yoki titratib ijro qiladi. Koʻp hollarda u raqqosa, dorboz, yogʻochoyoq oʻyinchilar tomonidan ijro etilib, raqs harakatlariga mos turli usullar (koʻp hollarda „rez“) hosil qilinadi[3].
Qayroq oʻyin — qayroqlarni titratib ritm (usul) chiqarish orqali bajariladigan raqs turi. Raqqos ularni bir-biriga urilishidan chiqqan ritmik tovushni oʻz raqsiga joʻr qiladi. Qayroq oʻyinini raqsga tushuvchi bajaradi va shu ritm oʻynaydi[3]. Bundan tashqari Buxoroda „Qayroqbozi“, Xorazmda „Orazibon“ va „Norim-Norim“ kabi qayroq joʻrligida ijro etiladigan raqslar mashhur.
Qayroqqa oʻxshah cholgʻulardan Ispaniya, Italiya, Lotin Amerika xalqlarida keng tarqalgan va simfonik orkestr hamda baʼzi ansambllar tarkibiga kiradigan kastanetlar mavjud. U kichik qoshiqsimon, yapaloq boʻlib, qattiq yogʻoch yoki plastmassadan yasaladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.