Qaroqchilik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qaroqchilik – yuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni oʻgʻirlash maqsadida kemalarga, qirgʻoqboʻyi hududlarga kirib borib kema yoki qayiqda tajovuz qiluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan talonchilik yoki jinoiy zoʻravonlik. Qaroqchilik bilan shugʻullanuvchilar qaroqchilar, qaroqchilik uchun ishlatiladigan kemalar esa qaroqchi kemalar deb ataladi. Qaroqchilik dastlab miloddan avvalgi XIV asrda hujjatlashtirila boshlangan boʻlib, dengiz xalqlari, okean bosqinchilari Egey va Oʻrta yer dengizi mintaqalari kemalariga hujum qilib turishgan. Yuk tashishga moʻljallangan qatnov kemalarini oʻtkazadigan tor kanallar uzoq vaqt qaroqchilik bilan va shu kabi xususiylashtirish va tijorat reydlari uchun imkoniyatlar yaratib kelgan[1].
Bunday hududlarga Gibraltar, Malakka boʻgʻozi, Madagaskar, Aden koʻrfazi va La-Mansh suvlari tarixiy misol boʻla oladi, ayniqsa ular geografik tuzilmalariga koʻra qaroqchilar hujumi uchun qulay hisoblangan[2][3]. Qaroqchilik atamasi odatda dengizdagi qaroqchilariga ishora boʻlgan va lekin bu atama quruqlikda[4], havoda, kompyuter tarmoqlarida (ilmiy fantastikada) va koinotda sodir etilgan harakatlarga nisbatan ham umumlashtirib qoʻllaniladi. Qaroqchilikda qaroqchining oʻz kemasida sodir etgan jinoyatlari (masalan, oʻgʻirlik), shuningdek, davlat hukumati ruxsati boʻlgan xususiy mulkni talon-taroj qilish istisno qilingan.
Qaroqchilik xalqaro odat huquqlariga ega boʻlgan muayyan jinoyat turi boʻlishi bilan birga, bir qator shtatlarning munitsipal qonunchiligidagi jinoyatlarning nomi. XXI asrning boshlarida transport kemalariga dengiz qaroqchiligi hujumi muhim muammo boʻlib qolgan. Buning natijasida 2004-yilda dunyo boʻyicha, jumladan Qizil dengiz, Hind okeani oʻrtasi, Somali qirgʻoqlari, Malakka boʻgʻozi va Singapurdagi dengiz, okean suvlarida qaroqchilik faoliyati yiliga 16 milliard AQSh dollari miqdoridagi yoʻqotishlarga sabab boʻlgan[5]. Zamonaviy qaroqchilar avtomatik qurollar, granatalar, pulemyotlar va hujum miltiqlari kabi avtomatlar bilan qurollangan. Ular tezkor hujum qilish va kemalarga chiqish uchun kichik motorli qayiqlardan foydalanadilar va bu usul zamonaviy yuk va transport kemalarida asosan ekipaj aʼzolari kam sonli boʻlganida qoʻl keladi. Xalqaro hamjamiyatda zamonaviy qaroqchilarni javobgarlikka tortish koʻplab muammolarga duch kelmoqda, chunki qaroqchilik hujumlar koʻpincha xalqaro ochiq dengizlarda sodir boʻladi[6] va uni bevosita kuzatishning imkoni kam. Bularning oldini olish va chora koʻrish uchun millatlar tomonidan qaroqchilarni qaytarish va taʼqib qilishda harbiy-dengiz kuchlari tashkil qilingan, baʼzi xususiy kemalarda bortga kiruvchilarni qaytarish uchun qurollangan qoʻriqchilar jalb etilgan, yuqori bosimli suv toʻplari yoki ovozli toʻplar oʻrnatilgan. Potensial tahdidlardan qochish uchun radarlardan foydalaniladi.
Yelkanli qayiqlar davridagi qaroqchilik haqidagi romantik hikoyalar uzoq vaqtdan beri Gʻarb pop madaniyatining bir qismi boʻlib kelgan. 1724-yilda Londonda nashr etilgan ikki jildlik Qaroqchilarning umumiy tarixi asarida asosiy qaroqchi shaxslar va ularning Qaroqchilikning oltin asridagi faoliyati va muhitining yarim aniq tavsifi ommaning tasavvuriga namoyish qilingan. Umumiy tarix asarida qaroqchilikning koʻplab badiiy tasvirlari ilhomlantirilgan, ayniqsa Treasure Island (1883-yil) va Peter Pan (1911-yil) romanlari sahna, kino, televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalari uchun moslashtirilgan. 2003-yilda efirga namoyish etilib boshlangan, oltin asr qaroqchilik davrining fantastik qahramonlari tasvirlangan Karib dengizi qaroqchilari film serialari franshizasi tomoshabinlar uchun namoyish etildi va ommalashtirildi.