Xazinalar oroli
shotland yozuvchisi Robert Louis Stevenson qalamiga mansub roman / From Wikipedia, the free encyclopedia
„Xazinalar oroli“ (inglizcha: Treasure Island) – shotland yozuvchisi Robert Louis Stevenson qalamiga mansub sarguzasht roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1883-yil London shahrida „Cassell and Company“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1881-1882-yillarda „Young Folks“ bolalar jurnalida „Xazinalar oroli, yoki Ispanola isyosni“ (inglizcha: Treasure Island, or the mutiny of the Hispaniola) nomi bilan chop etilgan. Romanni oʻzbek tiliga Ahmadjon Yoqubov tarjima qilgan.
1911-yilgi nashr muqovasi | |
Asl nomi | Treasure Island |
---|---|
Muallif(lar) | Robert Louis Stevenson |
Tarjimon(lar) | Ahmadjon Yoqubov |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1883 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1973 |
Sahifalar soni | 216 |
Asarda Jim Hawkins (talaffuzi: Jim Xokins) ismli bolaning hayoti, uning skvayr Trelawney (talaffuzi: Treloni) va doktor Livesey (talaffuzi: Livsi) bilan birgalikda Xazinalar oroliga borib, u yerdagi boyliklarni izlab boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida soʻz yuritiladi. „Xazinalar oroli“ eng koʻp sahnalashtirilgan romanlardan biri hisoblanadi. Asar qaroqchilar haqidagi ommaviy tasavvurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Masalan, xazina xaritalarini „X“ bilan belgilash, tropik orollar, yelkasida toʻti qush olib yuruvchi bir oyoqli dengizchilar obrazlari aynan shu asardan keyin keng tarqalgan.
„Xazinalar oroli“ olti qismga va 34 bobga boʻlingan. Voqealar Jim Hawkins nomidan hikoya qilinadi. Faqat 16-18-boblarda hikoyalarni doktor Livesey soʻzlab beradi.