![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/01/Kar_obl.svg/languz-640px-Kar_obl.svg.png&w=640&q=50)
Qaragʻandi (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qaragʻandi viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 117,9 ming km2. Aholisi 1,353,804 kishi (2011). Shahar aholisi 85%. Viloyat 9 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 6 shahar va 15 shaharcha bor. Markazi — Qaragʻandi shahri. Viloyat respublikaning markaziy qismida, Balxash koʻlining shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoliy tarafidan Aqmola, Pavlodar, sharqiy tomonidan Sharqiy Qozogʻiston, janubida Qiziloʻrda, Janubiy Qozogʻiston, Jambul, gʻarbiy tomonida Aqtoʻbe, Qoʻstanoy viloyatlari bilan chegaradosh.
Qisqa faktlar viloyat, Maʼmuriy markazi ...
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Qaragʻandi | |
Yirik shahari | Qaragʻandi, Temirtau, Jezqazgʻan, Shaxtinsk | |
Asos solingan sanasi | 1932-yil | |
Akim | Abdishev Baurjan Tuyteyevich | |
Rasmiy tillar | qozoqcha (davlat tili), ruscha (rasmiy tili) | |
Aholi (2012) |
1 358 064[1] (8,6 % , (5-oʻrin) | |
Zichligi | 3,7 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 44,68 % ruslar 39,17 % va boshqalar | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 427 982 km² (15,7 %, 1-oʻrin) | |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Oʻrtacha balandligi |
1500 m 500 m | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 721х xx-xx-xx | |
Pochta indeksi | 100000 | |
Internet domeni | krg.kz | |
Avtomobil raqami kodi | M,К,09 | |
Rasmiy sayti | http://www.karaganda-region.kz/ | |
Xaritada | ||
![]() | ||
48°0′0″N 71°0′0″E |
Yopish