Philippe Coutinho
From Wikipedia, the free encyclopedia
Philippe Coutinho Correia (1992-yil 12-iyunda tug'ilgan) - braziliyalik professional futbolchi, Premer-liganing " Aston Villa " klubi va Braziliya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachi yoki vinger. U o'zining to`pni ko'rish qobiliyati, to'p uzatishi, driblingi va uzoq masofadan aylantirib zarba berish qobiliyati bilan mashhur.[1]
Rio-de-Janeyroda tug'ilib o'sgan Coutinho ajoyib o`yinlari sababli Vasko da Gamaning yoshlar jamoasiga taklif etildi. U 2008-yilda Italiyaning " Inter" klubiga 4 million yevro evaziga sotib olingandi. U 2010-yilda «Inter» safida debyut qilgan, 2012-yilda esa La Liganing « Espanyol » klubiga ijaraga berilgan. 2013-yil yanvarida Coutinho Angliyaning “ Liverpool” klubiga 8,5 million funt sterling evaziga qoʻshildi. U Liverpulda 2015-yilda PFA tomonidan yilning eng yaxshi jamoasi safiga kiritildi.[2][3] 2018-yilning yanvarida Coutinho 160 million yevroga evaziga “Barselona” bilan shartnoma imzoladi va 2022-yildagi eng qimmat yarim himoyachiga aylandi[4] va ikki marta La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Biroq, u 2019/20-yilgi mavsum oldidan Germaniyaning "Bavariya" klubiga ijaraga berildi va Bundesligada DFB-Pokal va UEFA Chempionlar Ligasi ni yutib trebl qayt etgan.[5]