Perfect
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Perfect" – ingliz qoʻshiqchisi Ed Sheeranning uchinchi studiyaviy albomi "÷" (2017) dan joy olgan toʻrtinchi qoʻshiq[1]. Albom chiqqandan soʻng, u Buyuk Britaniyaning Singles Chart roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[2]. 2017-yil 21-avgustda „Perfect“ albomdagi toʻrtinchi singl boʻlishi eʼlon qilindi[3]. Dastlab 2017-yil mart oyida toʻrtinchi oʻrinni egallagan qoʻshiq oʻsha yilning oxirida yana Buyuk Britaniya chartlariga kirdi. U 2017-yil dekabr oyida Buyuk Britaniyaning Singles Chart va AQSh Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egalladi. „Perfect“ 2017-yilda Buyuk Britaniyaning birinchi raqamli rojdestvo qoʻshigʻiga aylandi hamda Avstraliya, Kanada, Irlandiya va Yangi Zelandiya kabi oʻn oltita boshqa mamlakatlar xit paradlarida birinchi oʻrinni oldi.
![]() | Bu maqola ayni damda Devona Jovliyev (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 00:45, 14-Fevral 2024 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan. |
„Perfect“ | ||||
---|---|---|---|---|
Ed Sheeran qoʻshigʻi | ||||
„÷“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 26-sentyabr, 2017-yil(2017-09-26) | |||
Janr | Pop | |||
Davomiyligi | 4:23 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i | Ed Sheeran | |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Ed Sheeran singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"Perfect" YouTubeda |
Amerikalik qoʻshiqchi Beyoncé bilan „Perfect Duet“ deb nomlangan singlning ikkinchi versiyasi 2017-yil 1-dekabrda chiqdi[4]. Italiyalik qoʻshiqchi Andrea Bocelli bilan „Perfect Symphony“ deb nomlangan yana bir duet esa 2017-yil 15-dekabrda premyera qilindi[5]. Qoʻshiq va uning rasmiy klipi 2018-yilgi MTV Video Music Awards mukofotida uchta nominatsiyada gʻolib boʻldi.