Qoʻshiq
ovoz(lar) uchun musiqiy kompozitsiya, inson ovozi bilan ijro etish uchun moʻljallangan musiqa asari / From Wikipedia, the free encyclopedia
Qo‘shiq – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr; ashula. Lirik qo‘shiq. Hajviy qo‘shiq. Xalq qo‘shiqlari. Qo‘shiq aytmoq. Qo‘shiq bastalamoq[1].
Vokal musiqaning eng ommalashgan, ko‘proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo‘ljallab to‘qilgan she’riy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan ommabop musiqa yo‘nalishidagi qo‘shiqlar farqlanadi. Kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qo‘shiqlari, ommaviy qo‘shiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa qo‘shiqlar ajratiladi. Qo‘shiqlar kuyi diapazoni ixchamligi, musiqa rivoji band shaklida asoslanganligi, ohanglar tizimida so‘z va kuy intonatsiyalari mushtarakligi she’riy matndagi g‘oyaviy emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda ifodalanishi bilan ajralib turadi.