From Wikipedia, the free encyclopedia
Paronixiya — tirnoq atrofidagi teriga infeksiya tushishi natijasida kelib chiqqan kasallik boʻlib, u odatda Staphylococcus aureus bakteriyasi tufayli toʻsatdan paydo boʻlishi yoki Candida albicans zamburugʻi tufayli asta-sekin rivojlanishi mumkin[1][2][3]. Bu atama grekcha: παρωνυχία para 'atrofidaʼ, oniks 'tirnoq' va -ia qoʻshimchasidan iborat. Xavf omillari qatoriga tirnoqlarni tishlash holatlari[1] yoki tirnoqlar atrofining kesilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kesikula shikastlanishi kiradi. Davolash antibiotiklar va fungitsid dori vositalari bilan hamda yiring mavjud boʻlsa, kesma ochish va drenajlash amaliyotlari bilan olib boriladi[1].
Paronixiya | |
---|---|
Sinonimlari | Tirnoq atrofidagi teri infeksiyasiTirnoq atrofidagi teri infeksiyasi |
Mutaxassislik | Dermatologiya, xirurgiya |
Turlari | Oʻtkir va surunkali |
Oʻtkir paronixiyaga odatda bakteriyalar sabab boʻladi. Koʻpincha antibiotiklar bilan davolanadi. Antibiotiklar mahalliy (teriga qoʻllanadi) yoki ogʻiz orqali (ogʻiz orqali qabul qilinadi) qabul qilinadi. Surunkali paronixiya koʻpincha tirnoq atrofidagi yumshoq toʻqimalarning kandidamikoz infeksiyasi natijasida kelib chiqadi. Ammo, nafaqat zamburugʻli, balki bakterial infeksiya natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Agar yalligʻlanish jarayoni surunkali tus olsa, sabab koʻpincha zamburugʻ boʻladi va uni davolash uchun fungitsid krem yoki tabletkalar qoʻllanadi[4].
Paronixiyaning diabetiklarda, dori-darmonli immunosupressiya yoki pemfigus kabi tizimli kasalliklarda paydo boʻlishi xavfi yuqoriroq[5].
Bu kasallik bilan koʻpincha koʻrsatkich va oʻrta barmoqlar zararlanadi va qizarish, shishish, ogʻriq bilan namoyon boʻladi[1].
Paronixiya rivojlanishiga qarab toʻsatdan paydo boʻladigan oʻtkir va uzoq davom etadigan surunkali turlariga boʻlinadi[6].
Oʻtkir paronixiya — bu olti haftadan kam davom etadigan barmoq va tirnoqlarni oʻrab turgan toʻqimalarning infeksion yalligʻlanishi hisoblanadi[3]. Infeksion jarayon odatda tirnoqning yon tomonidagi paronixiyada mahalliy qizarish, shishish va ogʻriq belgilari bilan boshlanadi[7]. Oʻtkir paronixiya odatda kesikula yoki tirnoq burmasining toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita shikastlanishi natijasida yuzaga keladi[8].
Surunkali paronixiya — bu olti haftadan koʻproq davom etadigan barmoq va tirnoqlarni oʻrab turgan toʻqimalardagi infeksion jarayondir[3]. Surunkali paronixiya qoʻllari yoki oyoqlari doimiy nam muhitda boʻladigan odamlarda keng tarqalgan tirnoq kasalligi boʻlib, koʻpincha kontakt dermatit bilan bogʻliq boʻladi[7]. Bu kasallikda kesikula tirnoq plastinkasidan ajralib, proksimal tirnoq burmasi va tirnoq plastinkasi orasidagi hududni infeksiyaga qarshi himoyasiz qoldiradi[9]. Bu idishlarni yuvish, barmoqlarni soʻrish, kesikulalarni agressiv tarzda kesish yoki kimyoviy moddalar (engil ishqorlar, kislotalar va boshqalar) bilan tez-tez aloqa qilish natijasida infeksion jarayon rivojlanishiga olib keladi.
Shu bilan bir qatorda, paronixiyani quyidagicha tasniflash mumkin[7]:
Paronixiyaning differensial diagnostikasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hali yiring paydo boʻlmagan vaqtda, oʻtkir paronixiya uchun iliq muolajalarni qoʻllash maqsadga muvofiqdir[11].
Surunkali paronixiya uni qoʻzgʻatuvchisining nima ekanligidan qatʼiy nazar, iloji boricha fungitsid va steroid dori vositalari bilan davolanmaydi. Davolash samarasiz boʻlgan holatlarda tirnoq burmasini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash ham mumkin[12].
Mahalliy va enteral antibiotiklarni tavsiya qilish uchun yetarli maʼlumotlar yoʻqligi sababli, bunday dorilarni qoʻllash shifokorga bogʻliq boʻladi. Qoʻllaniladigan antibiotiklar S. aureus qoplamasiga ega boʻlishi kerak. Mahalliy antibiotikli malhamlardan bakitrasin yoki mupirosin kabilarni qoʻllash mumkin. Mahalliy davolanish muvaffaqiyatsiz boʻlgan bemorlarda yoki ogʻirroq holatlarda ogʻiz enteral antibiotiklar qabul qilinadi. Bularga dikloksatsillin yoki sefaleksinlar misol boʻla oladi[11]. Agar xoʻppoz belgilari (yiring mavjudligi) paydo boʻladigan boʻlsa, absess yuzasi ochilib, drenaj qoʻyiladi[11].
Ayollarda paronixiya erkaklarnikiga qaraganda koʻproq uchraydi. Chunki odatda ayollar qoʻl yoki oyoqlarini uzoq vaqt davomida suvga botirishni talab qiladigan kasblarda ishlashadi (masalan, idishlarni yuvuvchi lavozimida)[10].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.