oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami From Wikipedia, the free encyclopedia
„Oʻtmishdan ertaklar“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. Muallif bu qissani 1965-yil yozgan. Toʻplam shu kungacha bir necha marta nashr qilingan.[1] Ushbu kitob 1976-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya nashriyoti“da chop etilgan.
Muallif(lar) | Abdulla Qahhor |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | qissa, hikoya |
Nashr etilgan sanasi | 1976 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya nashriyoti“ |
Sahifalar soni | 143 |
Toʻplamni chop etishda, 1967-yilda chop etilgan Asarlar toʻplamining I-II tomlaridan foydalanilgan. Kitobga: „Koʻk konvert“, „Dahshat“, „Yillar“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Anor“, „Asror bobo“ kabi yozuvchining mashhur hikoyalari hamda „Oʻtmishdan ertaklar“ nomli qissasi kiritilgan.
„Oʻtmishdan ertaklar“ qissasida yozuvchining bolalik davri, oʻtgan asr boshlaridagi bolalarning mashaqqatli hayoti xususida soʻz yuritilgan. Shuningdek katta avlodning savodsizligi, davr fojialari haqida ochiq-oydin yozilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Mirzayev — muharrir, K. Aliyev — rassom, L. Jixarskaya — texnik muharrir, Sh. Shoumarova — musahhih. Kitob adadi — 60 000 nusxa.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.