badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri From Wikipedia, the free encyclopedia
Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi qissa tushunchasi yoʻq.Nasrning romandan boshqa barcha janrlari „Novella“ termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida qissaning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Masalan, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (qissa) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar qissa deb yuritilgan. Masalan, „Qissai Sayfulmuluk“, „Qisasi Rabgʻuziy“ va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek qissasi rus adabiyotidagi „povest“ terminiga toʻgʻri keladi va asosan roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissalar hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.
Roman kabi Qissaning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.