From Wikipedia, the free encyclopedia
One Direction (qisqa nomi 1D) – 2010-yilda Londonda tashkil etilgan ingliz-irland musiqiy guruhi. Niall Horan, Liam Payne, Harry Styles, Louis Tomlinson va 2015-yilga qadar esa Zayn Malikdan guruhning aʼzolari boʻlishgan. Ular 2016-yilda nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqishganini eʼlon qilishadi.
One Direction | |
---|---|
One Direction guruhi 2012-yilgi Logies Awardning taqdirlash marosimida | |
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Faoliyat yillari | 2010-2016 |
Janr | Pop, pop-rok, dance, elektronika[1] |
Leybl | Syco, Columbia |
Tarkib |
Niall Horan Liam Payne Harry Styles Louis Tomlinson |
Sobiq aʼzolar | Zayn Malik |
Vebsayt | onedirectionmusic.com |
Niall Horan, Zayn Malik, Liam Payne, Harry Styles va Luis Tomlinson 2010-yilgi The X Factor shousining yakkalik bahslarda ishtirok etishadi[2]. Ammo ushbu ishtirok unchalik ham muvaffaqiyatli oʻtmaganidan soʻng Nikol Scherzinger va mehmon hakam Simon Cowell ularga guruh tuzish taklifini beradi[2][3][4][5][6]. 2022-yilda chiqarilgan videorolikda guruh muvaffaqiyatida Nicole Scherzinger asosiy rol oʻynagani taʼkidlab oʻtiladi[7]. Videoda Horan guruhning birinchi aʼzosi sifatida tanlanganligi, soʻngra Harry, Tomlinson, Payne va Zayn birma-bir guruhga taklif qilinganligi maʼlum boʻladi[8]. Guruh aʼzolari oʻzaro tanishib mashgʻulotlar oʻtkazishi uchun ikki hafta vaqt ketadi[9][10]. Harry guruhga One Direction deya nom berishni taklif qiladi va bu nom barcha aʼzolarga maqul keladi[9]. Guruh dastlabki bosqichda Torn qoʻshigʻining akustik versiyasini kuyladi[11][12]. Dastlabki toʻrt hafta ichidayoq guruh Buyuk Britaniya boʻylab katta mashhurlikka erishishdi[12].
Finalgacha yetib borgan One Direction shouni uchinchi oʻrin bilan yakunlashdi[13]. Koʻp oʻtmay Cowell taklifi bilan guruh Syco Records studiyasi bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzoladi[14]. Ular 2011-yilning yanvar oyida RedOne bilan hmkorlikda Los-Anjeles shahrida debyut albomi ustida ishlashni boshlashdi[15]. One Direction haqidagi dastlabki kitob 2011-yilning fevral oyida HarperCollins nashri tomonidan „One Direction: Forever Young (Our Official X Factor Story)“ nomi ostida chop etiladi va keyinchalik The Sunday Timesining bestsellerlari roʻyxatiga kiritiladi[16][17]. Shu oyda yigitlar va The X Factor shousining boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda The X Factor Live Tourida ishtirok etdilar. Tur davomida guruhning konsertlariga Buyuk Britaniyalik 500 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi[18][15]. Tur yakunlangach ular yana albom ustida ishlashni davom etdilar. Albom yozish ishlari Stokholm, London va Los-Anjeles kabi shaharlarda Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac va Rami Yacoub kabi prodyuserlar bilan hamkorlikda boʻlib oʻtdi[19].
2011-yil sentabr oyida Buyuk Britaniya va Irlandiyada chiqarilgan One Directionning debyut singli What Makes You Beautiful tijoriy va xalqaro muvaffaqiyatga erishdi. U UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egalladi va Sony Music tarixida chiqarilishidan avval eng koʻp buyurtma qilingan qoʻshiqqa aylandi[20][21]. Keyingi singllari Gotta Be You va One Thing ham UK Singles chartida kuchli oʻntalikdan joy oldi[22][23]. 2011-yil noyabr oyida guruh Shimoliy Amerikadagi Columbia Records studiyasi bila shartnoma imzoladilar[24]. Shu oyda ular Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻzlarining debyut studiya albomi Up All Nightni chiqardilar[25]. Keyinchalik bu Britaniya boʻylab eng tez sotilgan debyut albomga aylandi[26][27][28][29]. 2011-yil dekabr oyida ular Up All Night Tour nomli Buyuk Britaniyadagi birinchi kontsert gastrollarini tashkillashtirishdi[30].
Sobiq aʼzosi
2020-yilga kelib guruhning dunyo boʻylab disk sotuvlari soni 70 milliondan oshdi[31]. Bu orqali ular barcha davrlarning eng koʻp sotiladigan yigitlardan iborat guruhlardan biriga aylandi[32]. 2013-yilgi Forbes nashrining maʼlumotlariga koʻra ular taxminan 75 million dollar daromad koʻrgan holda va 30 yoshgacha boʻlgan eng yuqori daromadli insonlar reyitngida ikkinchi oʻrinda qayd etishgan[33][34][35].
Guruh yetti marotaba Brit Award[36], yetti marotaba American Music Awards[37], olti marotaba Billboard Music Awards[38], besh marotaba Touring Awards va toʻrt marotaba MTV Video Music Awards[39] sovrinlarini qoʻlga kiritgan. One Direction Teen Choice Awardsda 31 marta nomzod sifatida koʻrsatilib ulardan 28 tasida gʻalaba qozongan holda bu boradagi rekord muallifi boʻlgan[40]. 2013-yilda guruh eng yuqori sotuvlar koʻrsatkichini qayd etgan holda International Federation of the Phonographic Industry (IFPI) tomonidan „Global Recording Artists of the Year“ nomiga loyiq koʻrildi[41]. 2014-yilda Billboard jurnali esa ularni Artist of the Year deya eʼtirof etadi[42].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.