Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan qissa From Wikipedia, the free encyclopedia
Obid ketmon – Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan qissa. Qissa XX asrning 20- va 30-yillarda amalga oshirilgan kollektivlashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni ochib bergani bilan qimmatli[1]. Qodiriy bu asarni 1932–1934-yillar mobaynida yozib tugatgan[2].
Mamlakat | Oʻzbekiston SSR |
---|---|
Til | Oʻzbek tili |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi |
1934 1959 1935 2017 |
Sahifalar soni | 538 (2017) |
1934-yilda yozilgan asar, Qodiriyning boshqa mashhur asarlari, xususan, „Oʻtgan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ darajasida oʻrganilmagan va eʼtiborda boʻlmagan.
Abdulla Qodiriy oʻz davrining tanqidchilari nazdida „mayda burjuaziya yozuvchisi“ sifatida taʼriflangan. Masalan, Sotti Husayn „Sharq haqiqati“ gazetasining 1929-yil 123-sonida Qodiriy haqida quyidagi fikrlarni yozadi:
Abdulla Qodiriy proletariat inqilobiga nisbatan uzoqrok kishidir. Chunki haqiqatan Abdulla Qodiriy mayda burjuaziya yozuvchisidir. Uning sinfiy asosini belgilash tahlil vaqtida katta ahamiyatga egadir.
Asar 2017-yil „Info Capital Group“ tomonidan 1935-yilgi versiyasi boʻyicha qayta nashr etilgan[3][4].
Baʼzi tahlilchilar tomonidan „Obid ketmon“da sodir boʻladigan voqealar rivoji Abdulla Qodiriyning kolxozlashtirish davrida oʻrtahol dehqon Obid ketmon tutgan oʻziga xos yoʻl, XX asrning 20-yillarida yakka dehqon xoʻjaligining tinch yoʻl bilan sotsializmga oʻsib borishi mumkinligi borasidagi qarashlarga xayrixoh boʻlganini isboti sifatida koʻrsatiladi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.