2013-yildan beri Venesuela prezidenti From Wikipedia, the free encyclopedia
Nicolás Maduro Moros (ispancha: [nikoˈlaz maˈðuɾo ˈmoɾos]; 23-noyabr 1962) – Venesuela davlat va siyosat arbobi[2], 2013-yil 19-apreldan Venesuela Bolivar Respublikasining amaldagi prezidenti[3][4].
Nicolás Maduro | |
---|---|
Venesuela Prezidenti | |
Mansab davri 19-aprel 2013-yildan – hozirgacha | |
Vitse-prezident |
Jorge Arreaza (2013–2016) Aristóbulo Istúriz (2016–2017) Tareck El Aissami (2017) Delcy Rodríguez(2018–) |
Oʻtmishdoshi | Hugo Chávez |
Vorisi | Juan Guaidó |
Qoʻshilmaslik harakati bosh kotibi | |
Mansab davri 17-sentyabr 2016-yildan | |
Oʻtmishdoshi | Hasan Ruhoniy |
UNASUR raisi | |
Mansab davri 23-aprel 2016-yildan – 21-aprel 2017-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Tabaré Vázquez |
Vorisi | Mauricio Macri |
Venesuela vitse-prezidenti | |
Mansab davri 13-oktyabr 2012-yildan – 5-mart 2013-yilgacha | |
Prezident | Hugo Chávez |
Oʻtmishdoshi | Elías Jaua |
Vorisi | Jorge Arreaza |
Venesuela tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 9-avgust 2006-yildan – 15-yanvar 2013-yilgacha | |
Prezident | Hugo Chávez |
Oʻtmishdoshi | Alí Rodríguez Araque |
Vorisi | Elías Jaua |
Venesuela Parlamenti raisi | |
Mansab davri 5-yanvar 2005-yildan – 7-avgust 2006-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Francisco Ameliach |
Vorisi | Cilia Flores |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Nicolás Maduro Moros 23-noyabr 1962-yil Karakas |
Turmush oʻrtogʻi |
Adriana Guerra Angulo Cilia Flores |
Bolalari | Nicolás Maduro Guerra[1] |
Imzosi |
Otasi va bobosi Pireney yarim orolidan kelgan yahudiylar edi[5][6]. Venesuelada katoliklikni qabul qilgan, onasi esa Venesuela bilan chegaradosh Kolumbiyaning Kukuta shahridan[7]. O'zining siyosiy faoliyatini avtobus haydovchisi bo'lib ishlaganda, 1970-1980-yillarda Karakas metrosi ishchilarining norasmiy kasaba uyushmasi a'zosi bo'lgan[8][9]. Saksoninchi yillarda Avali litseyini va Karakasning gʻarbidagi davlat oʻrta maktabini tamomlagan[10]. Beshinchi Respublika uchun Harakatning asoschilaridan biri hisoblangan (ispancha: Movimiento V Quinta República, MVR)[11], Ugo Chavesning ozod qilinishida va 1998-yildagi prezidentlik kampaniyasida muhim rol o'ynagan[12].
Maduro keyinchalik Beshinchi Respublika Harakatidan 1998-yilda Venesuela Deputatlar palatasiga, 1999-yilda Konstitutsiyaviy Assambleyaga, 2000-2005-yillarda Milliy Assambleyaga Venesuela Federal okrugi vakili etib saylandi[13]. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan (hali ham yo‘q) bo‘lishiga qaramay, parlament spikeri etib saylangan[14]. 2006-yilning birinchi yarmigacha o'z lavozimida qoldi[15].
2006-yilning sentabrida Venesuelaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri diplomatik immunitetga ega bo'lgan Nikolas Maduro FQB tomonidan Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi xalqaro aeroportida uchta aviachiptani naqd pulda to'lagani uchun hibsga olingan edi[16]. Bu voqea Qo'shma Shtatlar va Venesuela o'rtasida diplomatik mojaroga sabab bo'ldi[17].
2012-yil 1-mayda Hugo Chaves tomonidan imzolangan Venesuelaning yangi Mehnat kodeksini ishlab chiqqan komissiyani boshqargan[18].
2012-yil 8-dekabrda Chavez sog‘lig‘i yomonlashgan va o‘z vakolatlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmagan taqdirda Maduro navbatdagi umumxalq saylovlarigacha prezident vazifasini bajarishini ma’lum qildi[19]. Chavez, shuningdek, saylovchilar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi[20]. Maduro Chavezning o'limini e'lon qilar ekan, "tashqi dushmanlar" tomonidan zaharlanganini aytdi va muxolifatni "fashistlar" deb atadi[21]. Chavez vafotidan so'ng, Venesuelada keyingi 30 kun ichida umumxalq prezidentlik saylovlari o'tkazilishi e'lon qilindi[22].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.