Neva (fincha neva — botqoqlik) — RF Leningrad viloyatidagi daryo. Uzunligi 74 km, eni 1300 m gacha, havzasining maydoni (Ladoga, Onega koʻllari va boshqalarning xavzasi bilan birga) 281 ming km². Neva havzasining oʻzi 5000 km². Ladoga koʻlidan boshlanib, Boltiq dengizi Fin qoʻltigʻining Neva qoʻltiqchasiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi dare quyilish joyida 2530 m³/sek. Jan.-gʻarbiy va gʻarbiy shamollar Fin qoʻltigʻi va Nevaning quyi oqimidan suvni haydaydi, natijada suv sathi koʻtariladi va ayrim vaqtlarda Sankt-Peterburgda suv toshadi. Dek.da muzlab, aprel oxiri — may boshlarida muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: oʻngdan — Oxta; chapdan — Ijora, Tosna, M ga. Neva daryosi Rossiyadagi eng yirik suv magistrallaridan biridir[1]. Nevada kema qatnaydi: Neva Volga—Boltiq suv yoʻlining bir qismi hisoblanadi. Nevaning deltasidagi 42 ta orolda Sankt-Peterburg shahri joylashgan.[2]

Qisqa faktlar Tavsif, Joylashuvi ...
Neva
Thumb
Tavsif
Uzunligi 74
Maydoni 281 000 km²
Suv sarfi 2 500 m³/s
Joylashuvi
Thumb
Davlat Rossiya
Neva
Yopish

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.