From Wikipedia, the free encyclopedia
Neman, Nemunas yoki Memel (litovcha: Nemunas; nemischa: Memel ; belaruscha: Нёман; ruscha: Неман) — Belarus, Litvadagi daryo (qisman Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati hududidan oqadi). Uzunligi 937 km, havzasining maydoni 98200 km². Minsk qirlarining jan.dan boshlanadi. Boltiq dengizining Kurshskiy qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Neman quyi qismida ikki tarmoqqa boʻlinadi: Rusne (asosiy) va Giliya. Neman havzasida kichik koʻllar koʻl. Krr, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi 678 m³/sek. Dekabrda muzlaydi. Mart oxirida, ayrim vaqtda fevral yoki aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: oʻngdan — Berezina, Myarkis, Nyaris, Nyavejis, Dubisa, Yura, Mi-niya; chapdan — Shchara, Shyashupe. Bir-shtonasdan quyilish joyigacha muntazam ravishda kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Nemanda Kaunas, Grodno, Druskininkay, Alitus, Prenay, Birshtonas, Yurbarkas kabi shaharlar joylashgan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.