Mutlaq balandlik (altituda) -Yer yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining oʻrtacha sathidan boshlab ulchangan tik balandligi (metrlarda ulchanadi). Bu balandlikni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean sathidan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi manfiy ishora (—) bilan belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining Mutlaq balandliki 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mangʻishloq platosida; Qozogʻiston), Mingbuloq botigʻi — 12 m (Qizilqumda; Oʻzbekiston). Mutlaq balandlik nivelirlash yordamida aniqlanadi.

Dengiz va okean suvlarining koʻp yillik urtacha sathi gidrometrik postlarda quzgʻalmas qilib oʻrnatilgan va gorizontal chiziqlar bilan boʻlaklarga boʻlingan mis taxtachafutshtoksy belgilangan boʻladi. Oʻzbekiston hududida nuqtalarning Mutlaq balandlikini Boltiq dengizidagi Kronshtadt koʻprigi ustuniga oʻrnatilgan futshtokning noliga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Geografik haritalarda beriladigan barcha balandliklar mutlaq balandlikini bildiradi.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.