Murgʻob tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Murgʻob tumani (tojikcha: ноҳияи Мурғоб) – Tojikiston Respublikasi Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati tarkibidagi maʼmuriy birlik, tuman. Maʼmuriy markazi – Murgʻob shaharchasi. Murgʻob tumani – Tojikistonning eng sharqiy va maʼmuriy-hududiy boʻlinishdagi eng yirik tumani (Togʻli-Badaxshonning 59,97 % i yoki Tojikiston hududining 27,19 % i) hamda Tojikiston va Markaziy Osiyoning eng baland togʻli tumanlaridan biri hisoblanadi.
Qisqa faktlar Tuman, Tegishli ...
| |
Tuman | |
---|---|
Tegishli | Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati |
Tarkibida | 1 shaharcha va 5 jamoat |
Maʼmuriy markazi | Murgʻob |
Asos solingan sanasi | 1932-yil 27-oktyabr |
Raisi | Husniya Hukumatsho Rajabzoda[1] |
Rasmiy tili | Tojik tili |
Aholi (2022) |
16 500[2] (4,8 % , (7-oʻrin) |
Zichligi | 0,4[2] kishi./km² (7- oʻrin) |
Millatlar tarkibi | tojiklar, qirgʻizlar (10949 nafar, 2010-yil)[3], pomirilar |
Dinlar tarkibi | asosan musulmon-sunniylar, shuningdek musulmon-ismoiliylar, zardushtiylar, xristianlar |
Maydoni | 37 265 km² (53 %, 1-oʻrin) |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Oʻrtacha balandligi |
7134 m 3800 m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Qisqacha | MU |
Telefon kodi | +992 3554 |
Pochta indeksi | 736600 |
Avtomobil raqami kodi | 04РТ |
Xaritada | |
38°10′00″N 73°58′00″E |
Yopish
Tuman 1932-yil 27-oktyabrda tashkil etilgan[4]. Tojikiston mustaqilligi eʼlon qilingandan soʻng, 1992-yil 11-aprelda tuman qayta tashkil etilgan Togʻli-Badaxshon muxtor respublikasi tarkibiga kiritildi, biroq muxtoriyat Tojikiston Oliy Soveti tomonidan tan olinmagach, Tojikiston tarkibida qoldi.