From Wikipedia, the free encyclopedia
Pomir xalqlari, Pomir tojiklari (oʻzlarini pomiri deb atashadi) — Tojikiston Respublikasi tarkibidagi Gʻarbiy Pomirning baland togʻ vodiysidagi Togʻli Badaxshon viloyatida yashaydigan kichik xalqlar [yozgʻulomlar (oʻz nomi — zgamik), roʻshonlar (oʻz nomi — rixen, ruxni) mahalliy guruh xuflar (oʻz nomi — xu-fij) bilan birga, bartanglar (oʻz nomi — bartanj) mahalliy guruh aroshorlar bilan birga, shugʻnonlar (oʻz nomi — xugni, xununi) mahalliy aholi bajoʻylar bilan birga, ishkoshimlar (oʻz nomi— ishkashumi, ishkashimi) vohonlar (oʻz nomi — hik, vaxi) va vanjlar] guruhi. Shuningdek, Pomir xalqlari Afgʻoniston Badaxshoni (roʻshonlar, shugʻnonlar, ishkashimlar, vohonlar, zebaklar, munjonlar)da, Pokistonning Chitrol mavzesi (munjonlar, yidgalar)da va Xunza daryosi vodiysi (vohonlar)da, Xitoyning Sinszyan — Uygʻur viloyatida (shugʻnonlar va vohonlarga qarindosh sarikoʻllar) yashaydilar. Pomir xalqlari katta yevropeoid irqiga mansub boʻlib, hind-yevropa tillar oilasining sharqiy Eron tili kichik guruhiga kiruvchi til va lahjalarda soʻzlashadilar. Dindorlari, asosan, islom dinining shia, qisman esa sunna mazhablariga eʼtiqod qiladilar. Pomir xalqlari yashagan hududlarda qadim zamonlarda Roʻshon, Shugʻnon, Vohon davlatlari mavjud boʻlgan. Asrlar mobaynida bu hududlar chet el bosqinchilari tasarrufiga ham kirgan. 7-asrning oxirida Pomir yerlari ikki asrdan koʻproq tibetliklar qoʻl ostida boʻlgan. 10-asrdan boshlab Pomir davlati mustaqillikka erishgan, keyinchalik esa alohida podshohliklarga boʻlinib ketgan. Qariyb 30 yil mobaynida Afgʻoniston Badaxshoniga boʻysungan. 1878-yilda Buxoro xonligi, soʻngra esa chor Rossiyasi tobeligiga oʻtgan.
1925-yil 2-yanvarda Tojikiston muxtor Respublikasi tarkibida Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati tashkil etilgan. 20-asrning 30—90-yillari va 21-asrning boshlari davomida jamiyatda sodir boʻlgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida Pomir xalqlari etnomadaniy jihatdan asta-sekinlik bilan tojiklarga oʻzaro yaqinlashib va tobora singishib bormoqda. Pomir xalqlarining asosiy anʼanaviy mashgʻuloti chorvachilik, hunarmandchilik va qisman dehqonchilikdan iborat[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.