Moviy masjid (Tabriz)

From Wikipedia, the free encyclopedia

Moviy masjid (Tabriz)map

Moviy masjid (forscha: مسجد کبود, ozarbayjoncha: Göy məscid)[1] – Eronning Tabriz shahrida joylashgan tarixiy masjid . Masjid va boshqa jamoat binolari 1465-yilda Qora qoʻyunli hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan qurilgan[2].

Thumb
Moviy masjidning ichki yoʻlaklari, Tabriz
Qisqa faktlar
Masjid
Tabriz Moviy masjidi
forscha: مسجد کبود
Thumb
Mamlakat Eron
HududTabriz
Manzil38°04′24.91″N 46°18′03.88″E
Masjid turiJomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslubIslom, sharq meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisiJahonshoh
Binokorlik1465-yil—???
Yopish
Thumb
Moviy masjidning 1840-yildagi holati (Paskal Koste)
Thumb
Moviy masjidning tashqi koʻrinishi, Tabriz

Masjid 1780-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan[3], fojeadan soʻng faqatgina ayvoni qolgan[4]. 1973-yilda Eron Madaniyat vazirligi nazorati ostida Rizo Memoron Benom tomonidan rekonstruksiyasi boshlangan. Biroq, u yakuniga yetkazishga ulgurmagan.

Thumb
Asosiy zalning ichki koʻrinishi, Moviy masjid, Tabriz, Eron

Tarixi

Tabrizdagi Moviy masjid Qora qoʻyunlilar hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan barpo qilingan[2]. Jahonshohning rafiqasi Xotun Jonbegim (1469-yilda vafot etgan) masjid qurilishi uchun vaqf taʼsis etgan[5]. Biroq oradan bir necha yil oʻtib Jahonshoh va uning Qora qoʻyunlilari Uzun Hasan boshchiligidagi Oq qoʻyunlilar tomonidan agʻdarib tashlanadi va Tabriz qoʻlga kiritiladi[5]. Jahonshohning qizi Soliha Xotun yangi hukmdorlar nazorati ostida qolgan qurilish ishlarini boshqargan[5]. Uzun Hasanning vorisi Yoqub davrida „masjid maqbarasi gumbazi hamda uning asosiy qismlari qurib bitkazilgan“[5]. Sandra Obening qoʻshimcha qilishicha: „Maqbara ichki qismidagi bir necha tafsilotlar, masalan, devor panellaridagi alebastr parchalari va asosiy mehrob maqbara hech qachon toʻliq qurib bitkazilmaganligini koʻrsatadi (Golombek va Vilber, 407-bet; Obe, 248-bet)“[5].

Maqbara hech qachon qurib bitkazilmagan boʻlsa-da, Tabriz Safaviylar davlati poytaxtiga aylantirilganida, 16-asrning birinchi yarmida Moviy masjid yangi hukmdorlar uchun asosiy masjid sifatida xizmat qilgan[5]. 1514-yilda hal qiluvchi Chaldiron jangida Safaviylar magʻlubiyatga uchragach, Usmonlilar Tabrizni egallab shaharni, jumladan Moviy masjidni ham talon-taroj qiladi[5]. Obening qayd etishicha, kamida sakkizta gilam turklar tomonidan tortib olingan va Istanbulga olib ketilgan[5]. Obening taʼkidlashicha, Turklar Moviy masjidni bosib olish chogʻida inshoot tuzilishiga hujum qilgani nomaʼlum boʻlsa-da, 16—18-asrlar oraligʻida bir necha zilzilalar binoga jiddiy zarar yetkazgan[5]. Ayniqsa, 1780-yilgi zilziladan masjid jiddiy shikastlangan{Sfn|Melville|1981}} [5]. Biroq, 17-asrda Moviy masjid allaqachon „butunlay vayron qilingan va tashlab ketilgan“ holatda ekanligi xabar berilgan[5]. 19-asrda mahalliy tabrizliklar bino vayronalarini talon-taroj qilgan[5]. 20-asrda, Pahlaviylar davrida masjid nihoyat qayta quriladi[5]. Rekonstruksiyaga Eron Madaniy meros tashkiloti mas’ulligida tabrizlik anʼanaviy meʼmor Muhammad Rizo Memoron Benom rejalari va nazorati ostida amalga oshirila boshlaydi.

Xattotligi

Mashhur xattot Neʼmatullo bin Muhammad al-Bavab masjidning turli kufiy va suls yozuvlari, arabeska naqshlari va bu jabhalarining xoramatik kompozitsiyalarini yaratgan. Ichki va tashqi devorlar mozaik plitkalar bilan qoplangan.

Yana qarang

  • Erondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.