Monreal

From Wikipedia, the free encyclopedia

Monrealmap

Monreal (fransuzcha: Montréal) — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Sanlavrentiy daryosi boʻyida, Kvebek provinsiyasidagi joylashgan eng yirik shahar boʻlib, kattaligi boʻyicha Torontodan keyin ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Shahar dastlab Ville-Mari (Mariya shahri) deb nomlangan. Monreal nomi shaharning markazida joylashgan Mont-Royal (Qirollik togʻi) togʻining nomidan kelib chiqqan boʻlib, Monreal shakli ilk koʻchmanchi xalqlardan baʼzilari soʻzlashuvchi Oksitan tili taʼsiri ostida paydo boʻlgan.

Qisqa faktlar Monreal fransuzcha: Montréal, Mamlakat ...
Monreal

fransuzcha: Montréal
poytaxt
Thumb
Thumb
Bayroq
Thumb
Gerb
45°30′32″N 73°33′42″W
Mamlakat Kanada
Provinsiya Kvebek
Aholisi
1 942 694 [1]
Etnoxoronim monreallik
Vaqt mintaqasi UTC-5
Telefon kodi +1 514
+1 438
Pochta indeks(lar)i H
Thumb
Monreal
Monreal
Yopish

Tarixi

Shaharga 1642-yilda indeyslarning Xochelaga qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan faktoriya va fort (qalʼa) sifatida asos solingan. 18-asrning 1-yarmida muhim savdo markazi boʻlgan. 1760-yilda inglizlar bosib olgan. 1844—49 yillarda Kanada ingliz mustamlakasi poytaxti boʻlgan.

Transport

Aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllarining yirik tuguni; dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi), asosan, don eksporti uchun moʻljallangan.

Aholi

Shahar aholisi 1 942 694 kishini[1] tashkil qiladi.

Jugʻrofiyasi

Thumb
Avliyo Lavrentiy daryosi va Ottava daryolarining qoʻshilish joyidagi Monreal oroli.

Monreal Kvebek provinsiyasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar Lorens va Ottava daryolarining qoʻshilish qismida joylashgan Monreal orolining katta qismini egallaydi. Monreal porti Buyuk koʻllardan to Atlantikaga qadar choʻzilgan Avliyo Lavrentiy dengiz yoʻlining bir chetida joylashgan[2] .

Monreal janubda Avliyo Lavrentiy va shimolida River de Preri daryolari oraligʻida joylashgan. Shahar orolning eng koʻzga koʻringan jugʻrofiy ob’yekti, dengiz sathidan 232 m balandlikda joylashgan Mount Royal deb nomlangan uch choʻqqili tepalik sharafiga Monreal deb nomlangan.

Monreal shahri Monreal poytaxt hamjamiyatining markazida joylashgan hamda shimolda Laval shahri bilan, janubda Longey, Sen-Lamber, Brossar va boshqa munitsipalitetlar bilan, sharqda Repdntini va gʻarbda Gʻarbiy orol munitsipalitetlari bilan chegaradosh[3].

Iqlimi

Monreal issiq-yozga ega nam kontinental iqlim sifatida tasniflanadi (Köppen iqlim tasnifi boʻyicha: Dfb)[4][5] Yoz iliqdan issiq va nam holatgacha kechadi, kunlik maksimal oʻrtacha harorat iyulda 26-27 °C (79-81 °F) boʻladi, baʼzan esa 30 °C (86 °F) dan yuqori haroratlar kuzatiladi. Va aksincha, sovuq oqimlar yozning boshida va keyingi qismlarida tiniq, quruq va shamolli ob-havo hosil qilishi ham mumkin.


Batafsil maʼlumot Oy, Yanvar ...
Iqlim koʻrsatkichlari Monreal (Monreal aeroporti)
WMO ID: 71627; koordinata 45°28′N 73°45′W; balandlik: 36 m (118 ft); 1981−2010 norma, ekstremal 1941−hozirgacha
Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Year
Maks. yuqori harorat 13.5 14.7 28.0 33.8 40.9 45.0 45.8 46.8 42.8 33.5 26.2 18.1 46.8
Yuqori harorat °C (°F) 13.9
(57.0)
15.1
(59.2)
25.8
(78.4)
30.0
(86.0)
36.6
(97.9)
35.0
(95.0)
35.6
(96.1)
37.6
(99.7)
33.5
(92.3)
28.3
(82.9)
24.3
(75.7)
18.0
(64.4)
37.6
(99.7)
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) −5.3
(22.5)
−3.2
(26.2)
2.5
(36.5)
11.6
(52.9)
18.9
(66.0)
23.9
(75.0)
26.3
(79.3)
25.3
(77.5)
20.6
(69.1)
13.0
(55.4)
5.9
(42.6)
−1.4
(29.5)
11.5
(52.7)
Kunlik oʻrtacha harorat °C (°F) −9.7
(14.5)
−7.7
(18.1)
−2
(28)
6.4
(43.5)
13.4
(56.1)
18.6
(65.5)
21.2
(70.2)
20.1
(68.2)
15.5
(59.9)
8.5
(47.3)
2.1
(35.8)
−5.4
(22.3)
6.8
(44.2)
Oʻrtacha past harorat °C (°F) −14
(7)
−12.2
(10.0)
−6.5
(20.3)
1.2
(34.2)
7.9
(46.2)
13.2
(55.8)
16.1
(61.0)
14.8
(58.6)
10.3
(50.5)
3.9
(39.0)
−1.7
(28.9)
−9.3
(15.3)
2.0
(35.6)
Minimum past harorat °C (°F) −37.8
(−36.0)
−33.9
(−29.0)
−29.4
(−20.9)
−15
(5)
−4.4
(24.1)
0.0
(32.0)
6.1
(43.0)
3.3
(37.9)
−2.2
(28.0)
−7.2
(19.0)
−19.4
(−2.9)
−32.4
(−26.3)
−37.8
(−36.0)
Record low wind chill −49.1 −46 −42.9 −26.3 −9.9 0.0 0.0 0.0 −4.8 −10.9 −30.7 −46 −49.1
Oʻrtacha yogʻingarchilik sm (dyuym) 77.2
(3.04)
62.7
(2.47)
69.1
(2.72)
82.2
(3.24)
81.2
(3.20)
87.0
(3.43)
89.3
(3.52)
94.1
(3.70)
83.1
(3.27)
91.3
(3.59)
96.4
(3.80)
86.8
(3.42)
1 000,3
(39.38)
Average rainfall mm (dyuym) 27.3
(1.07)
20.9
(0.82)
29.7
(1.17)
67.7
(2.67)
81.2
(3.20)
87.0
(3.43)
89.3
(3.52)
94.1
(3.70)
83.1
(3.27)
89.1
(3.51)
76.7
(3.02)
38.8
(1.53)
784.9
(30.90)
Average snowfall sm (dyuym) 49.5
(19.5)
41.2
(16.2)
36.2
(14.3)
12.9
(5.1)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
1.8
(0.7)
19.0
(7.5)
48.9
(19.3)
209.5
(82.5)
Yogʻingarchilik kuzatiladigan oʻrtacha kunlar (≥ 0.2 mm) 16.7 13.7 13.6 12.9 13.6 13.3 12.3 11.6 11.1 13.3 14.8 16.3 163.3
Average rainy days (≥ 0.2 mm) 4.2 4.0 6.9 11.6 13.6 13.3 12.3 11.6 11.1 13.0 11.7 5.9 119.1
Average snowy days (≥ 0.2 cm) 15.3 12.1 9.1 3.2 0.07 0.0 0.0 0.0 0.0 0.72 5.4 13.0 58.9
Average relative humidity (%) (at 1500) 68.1 63.4 58.3 51.9 51.4 55.3 56.1 56.8 59.7 62.0 68.0 71.4 60.2
Oylik o‘rtacha quyoshli soatlar 101.2 127.8 164.3 178.3 228.9 240.3 271.5 246.3 182.2 143.5 83.6 83.6 2 051,3
Percent possible sunshine 35.7 43.7 44.6 44.0 49.6 51.3 57.3 56.3 48.3 42.2 29.2 30.7 44.4
Average ultraviolet index 1 2 3 5 6 7 7 7 5 3 1 1 4
Manba: Kanada iqlim oʻzgarishlari[6][7][8][9][10] va Iqlim Atlasi[11]
Yopish

Sanoat

Monreal mamlakataing yirik savdomoliya va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (umumiy, samolyotsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va boshqalar), metallsozlik, neftni qayta ishlash va kimyo sanoatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya, mebel, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud.

Taʼlim

Shaharda 3 universitet, konservatoriya, kutubxonalar, nafis sanʼat muzeyi, metropoliten bor.

Meʼmorchilik

17—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy bi-nolardan cherkov, Ramze saroyi va boshqa saqlangan. M.da 1967-yilda Xalqaro koʻrgazma boʻlib oʻtgan.

Sport

1976-yilda 11-Olimpiada boʻlib oʻtgan.[12]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.