From Wikipedia, the free encyclopedia
Mohammed Khalid Saeid (talaffuzi: Muhammad Xolid Said; 1990-yil 24- dekabrda Shvetsiyaning Örebro shahrida tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Sirius“ futbol klubi va Eritreya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mohammed Khalid Saeid | ||
Tavallud sanasi | 24-dekabr 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Örebro, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.70 | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Trelleborg | ||
Raqami | 25 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2002 | BK Forward | ||
2002—2009 | West Bromwich Albion | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2011 | BK Forward | 56 | (8) |
2012—2014 | Örebro SK | 68 | (7) |
2015—2016 | Columbus Crew | 50 | (0) |
2017 | Minnesota United | 3 | (0) |
2017 | Colorado Rapids | 29 | (1) |
2018 | Lyngby BK | 6 | (0) |
2018—2021 | IK Sirius | 76 | (13) |
2021— | Trelleborg | 37 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2019— | Eritreya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 1-dekabr uchun) |
Mohammed Saeid „BC Forward“ futbol klubi bitiruvchisi. Yoshlar oʻrtasidagi turnirlardan birida Angliyaning „Fulham“ jamoasiga qarshi oʻyinda unga „West Bromwich“ futbol klubi skautlari qiziqish bildirgan. Klub Mohammed Saeidga shartnoma tuzishni taklif qilgan. 2009-yilda Mohammed Saeid oʻz Vataniga qaytib, „BC Forward“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 2010-yilda Shvetsiya birinchi divizionida jamoa safida debyut qilgan. Ikki yil oʻtgach, Mohammed Saeid „Örebro“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2-aprel kuni „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Allsvenskan“ futbol klubida debyut qilgan[1]. 16-may kuni „AIK“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Mohammed Saeid „Örebro“ safida ilk golini urgan[2]. 2015-yilda erkin agent sifatida u „Columbus Crew“ MLS futbol klubiga oʻtgan[3]. Amerika ligasida u 14-mart kuni Kanadaning „Toronto“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. Mohammed Saeid debyut mavsumida jamoaga finalga chiqishga yordam bergan. 23-avgust kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi birinchi golini urgan[5]. 2017-yilgi mavsum oxirida „Colorado Rapids“ futbol klubi Mohammed Saeid bilan shartnoma tuzgan[6]. 2017-yilning 29-dekabrida Mohammed Saeid Daniya Superligasida „Lyngby“ futbol klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan[7]. 2018-yilning 3-avgustida u 2021-yilgacha shartnoma imzolab, Shvetsiyaning „Sirius“ jamoasiga o‘tgan[8].
Mohammed Saeid Eritreya terma jamoasidagi debyutini 2019-yilning 10-sentabr kuni JCh-2022 saralashida Namibiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.