![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/NaimyMikhail.jpg/640px-NaimyMikhail.jpg&w=640&q=50)
Mixoil Nuayma
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mixoil Nuayma (arabcha: , ALA-LC romanizatsiyasi: Mīkhāʼīl Nuʻaymah; 1889, Baskinto — 1988, Bayrut) — livanlik yozuvchi, faylasuf, hikoyanavis, essenavis, romannavis adib, adabiyot tarixchisi va tanqidchisi, ijtimoiy va siyosiy maqolalar muallifi. Hayotligida Livandagi eng keksa yozuvchi sifatida tanilgan. U arab adabiyotining beshta asoschilaridan biri sifatida tan olingan. Hayotligida arab adabiyoti olamining nufuzli namoyandasi hisoblangan. Yozuvchi oʻttiz bitta kitob yozgan, ularning har biri arab tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda klassika sifatida tan olingan. Yuzga yaqin asarlar yozgan. Mixoil Nuayma — mumtoz rus adabiyotining taʼsirida boʻlgan kam sonli muhojir arab yozuvchilaridan biri edi.
Qisqa faktlar Asl ismi, Tavalludi ...
Mixoil Nuayma | |
---|---|
![]() | |
Asl ismi | ميخائيل نعيمة |
Tavalludi |
1889 Baskinto |
Vafoti |
1988 Bayrut |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] va Arab tili |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi, AQSh, State of Greater Lebanon, Lebanese Republic under French mandate va Livan |
Yopish