From Wikipedia, the free encyclopedia
Mixail Sergeyevich Kolyada (ruscha: Михаи́л Серге́евич Коляда́; 1995-yil 18-fevral, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. 2018-yilgi jamoaviy Olimpiya oʻyinlarining kumush medal sovrindori. Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2018), Yevropa chempionatining ikki karra bronza medali sohibi (2017, 2018), Gran-pri finalining bronza medali sovrindori (2017), Rossiyaning uch karra chempioni (2017, 2018, 2021) va uch karra vitse-chempioni (2016, 2019, 2022), jamoaviy jahon chempionati gʻolibi (2021), oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni (2013). Mixail Kolyada Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi[1].
Mixail Kolyada | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Mixail Kolyada |
Davlat | Rossiya |
Boʻyi | 167 |
Murabbiyi |
Aleksey Mishin Tatyana Prokofyeva |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 274,37 |
Qisqa dastur | 100,49 |
Erkin dastur | 181,25 |
2022-yil 23-yanvarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[2] reytingida 20-oʻrinni egallagan.
Rossiyalik figurali uchuvchi Mixail Bratislavada yangi Olimpiya mavsumini boshlab[3] Ondrej Nepela xotirasiga bagʻishlangan turnirni oltin medal bilan yakunladi. Oktyabr oyining boshida u Finlyandia Trophy Espoo musobaqasida qatnashib, ikkinchi oʻrinni egalladi[4]. Uch hafta oʻtgach, Mixail Gran-pri seriyasiga kirdi va erkin dasturda oldingi yutugʻini yaxshilab, bronza medalini qoʻlga kiritdi[5]. Ikki hafta oʻtgach, konkida uchuvchi Pekindagi Gran-pri seriyasining Xitoy bosqichida qatnashdi va u yerdagi qiyin kurashdan soʻng gʻolib boʻldi[6]. Shu bilan birga, Mixail qisqa dastur boʻyicha oldingi natijasini yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Bu natija unga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Nagoyadagi finalda sportchi yaxshi chiqish qilib, uchinchi oʻrinni egalladi[7]. Mixail umumiy natijadagi avvalgi yutugʻlarini yaxshilashga muvaffaq boʻldi.
Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Mixail ishonchli va muvaffaqiyatli chiqish qilib, ikkinchi marta chempion boʻldi[8]. Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Mixail Kolyada bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2021-yili Mixail Rossiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va bu ishtiroki unga uchinchi marta Rossiya chempioni unvonini olishga imkon berdi[9]. Gʻalaba sportchiga 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etdi.
Stokgolmdagi jahon chempionatidagi chiqishlarda kutilgandek yahshi natija boʻlmadi va Mixail beshinchi oʻrinni egalladi[10].
Mixail 2022-yil Yanvar oyida Yevropa chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo jarohati tufayli musobaqani tark etdi va uning oʻrniga ushbu musobaqada Andrey Mozalyov ishtirok etdi[11].
Musobaqa[12] | 11/12 | 12/13 | 13/14 | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 | 21/22 | 22/23 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro yakka | ||||||||||||
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 8 | |||||||||||
Jahon chempionatlari | 4 | 8 | 3 | 6 | 5 | |||||||
Yevropa chempionati | 5 | 3 | 3 | 5 | ||||||||
Gran-pri finali | 3 | C | ||||||||||
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy | 5 | |||||||||||
Gran-pri bosqichlari: Cup of China | 1 | |||||||||||
Gran-pri bosqichlari Helsinki | 4 | |||||||||||
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada | ||||||||||||
Gran-pri bosqichlari: Italiya | 2 | |||||||||||
Memorial Nepala | 2 | 1 | 1 | |||||||||
Finlandia Trophy | 4 | 4 | 1 | 2 | ||||||||
Challenge Cup | 1 | |||||||||||
Tallink Hotels Cup | 1 | |||||||||||
Ice Star | 1 | |||||||||||
Team Challenge Cup | 2 | |||||||||||
Xalqaro | ||||||||||||
Rossiya chempionati | 7 | 2 | 1 | 1 | 2 | 1 | 2 | |||||
Rossiya Kubogi Finali | 1 J. | 4 | ||||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich | 1 | |||||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich | 1 | |||||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 2 | 2 | 1 | |||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 9 J. | 1 J. | 2 | |||||||||
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 1 J. | 1 |
J-oʻsmirlar darajasi
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.