italiyalik dizayner va tadbirkor From Wikipedia, the free encyclopedia
Miuccia Prada Bianchi (talaffuzi: Miuchchia Prada Bianki, 1949-yil 10-may, Milan, Italiya) – taniqli italyan modelyeri, Prada moda imperiyasining asoschisi Mario Pradaning nabirasi, milliarder[1]. Prada bosh dizayneri va uning shoʻba korxonasi – Miu Miu asoschisi[2]. 2021-yil oktabr holatiga koʻra, Forbes uning boyligini 4,8 milliard dollarga baholagan[3]. 2021-yil iyun oyida Bloomberg uning boyligini 6,62 milliard dollar deb baholadi[4].
Mario Pradaning eng kenja nevarasi Miuccia Prada 1978-yilda oilaviy hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi shirkat egasi boʻldi. Oʻshandan beri kompaniya Jil Sander, Helmut Lang va poyabzal ishlab chiqaruvchi Church & Co shirkatini sotib olgan[5][6][7]. 2002-yilda Prada oʻzining zamonaviy sanʼat muzeyini ochdi[8].
2014-yil mart oyida Prada Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli ayollari roʻyxatida 75-oʻringa qoʻyildi. Oʻshanda uning boyligi 11,1 milliard dollarga teng edi[9][10][11].
1949-yil 10-mayda Milanda tugʻilgan, 1980-yillarda xolasi tomonidan asrab olinganidan keyin Miuccia Prada ismini olgan. Uning biologik ota-onasi Luigi Bianchi va Luisa Prada edi. Uning ikkita katta akasi bor – Albert va Marina[12].
Milandagi Liceo Classico Berchet oʻrta maktabida oʻqigan va Milan universitetida siyosatshunoslik fanlari nomzodi darajasini olgan[13][14].
Prada Teatro Piccoloda mim artisti boʻlgan[15]. Italiya Kommunistik partiyasining aʼzosi boʻlgan va 70-yillarda Milanda ayollar huquqlarini himoya qilish harakatida ishtirok etgan.
70-yillarning oʻrtalariga kelib, Prada oʻzining bobosi tomonidan 1913-yilda asos solingan hashamatli charm sumkalar ishlab chiqarish boʻyicha oʻz oilaviy biznesiga kirdi. U dastlab aksessuarlar dizaynini nazorat qildi. 1978-yilda u boʻlajak turmush oʻrtogʻi va biznes sherigi Patrizio Bertelli bilan uchrashdi[16].
Pradaning birinchi muvaffaqiyatli sumka dizayni 1985-yilda boʻlgan. Bu qora, nozik toʻqilgan neylon sumkalar liniyasi edi. 1989-yilga kelib, u oʻzining birinchi ayollar kiyimlari toʻplamini ishlab chiqdi va taqdim etdi[17]. 1995-yilda u oʻzining birinchi erkaklar kiyimlarini ishlab chiqardi. Miu Miu liniyasi 1992-yilda uning shaxsiy garderobidan ilhomlangan arzonroq ayollar kiyimi sifatida taqdim etilgan[18].
1994-yilda Prada oʻz kolleksiyalarini Nyu-York va London moda haftaliklarida namoyish etdi. Pradaning eri Bertelli mahsulotlarning tijorat tomoni va Prada chakana savdo strategiyasi uchun javobgar edi. Dizayn uyi Helmut Lang, Jil Sander va Azzedine Alaïa kabi nomlarni oʻz ichiga olgan konglomeratga aylandi. Kompaniya charm buyumlar, poyabzal, atirlar va erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarishni kengaytirdi.
2014-yildan boshlab Prada eri bilan birga Prada kompaniyasining bosh direktori hisoblanadi[19].
2020-yilda Prada brendning yakuniy kolleksiyasini taqdim etdi: COVID-19 pandemiyasi tufayli Martine Syms va Juergen Teller rejissyorlik qilgan qisqa metrajli filmlar ketma-ketligida namoyish etildi[20].
2010-yilda Prada Nyu-York Metropolitan Opera teatrida Verdining „Attila“ operasi uchun liboslar yaratdi[21].
2014-yil boshida Prada va Patricio Bertelli Milan prokuraturasi tomonidan soliq toʻlashdan qochish boʻyicha tergovga tortilgan[22]. 2016-yilda ikkalasi ham soliq nizolarini hal qilish uchun 400 million yevrodan (429 million dollar) koʻproq soliq toʻlashdi[23].
Prada tadbirkor Patrizio Bertelli bilan turmush qurgan. Ularning ikki oʻgʻli 1988 va 1990-yillarda tugʻilgan, kattasi ralli haydovchisi Lorenzo Bertelli edi[24][25][26][27]. Ular Miuccia tugʻilgan uyda yashaydi[28].
Prada zamonaviy sanʼat kolleksiyachisi va yosh britaniyalik rassomlarning bir nechta sanʼat asarlariga egalik qiladi[29]. U rassomlar Cindy Sherman va Francesco Vezzoli bilan doʻstdir[29].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.