From Wikipedia, the free encyclopedia
Miles Teller (1987-yil, 20-fevralda tugʻilgan)[1][2] amerikalik aktyor. U oʻzining badiiy filmdagi debyutini Rabbit Hole (2010 film) dramasida qilgan va kattalar uchun moʻljallangan The Spectacular Now (2013), „Divergent“ film trilogiyasidagi (2014-2016) Shailene Woodley bilan oʻynagan bosh roli uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan. Uning „Whiplash“ (2014) dramasidagi bosh roli uning katta yutugʻi boʻlib xizmat qildi va uni maqtovga sazovor boʻldi. Keyinchalik u superqahramonlar boʻlgan film „Qoyilmaqom toʻrtlik“ (2015) and biografik film „War Dogs“ (2016) orqali yulduzlikka koʻtarildi.
Teller „Top Gun: Maverick“ (2022) mashhur jangovar filmida bosh rolni ijro etib, dunyo miqyosida muvaffaqiyat qozondi[3]. Televizorda u Amazon Prime Video kriminal dramasi „Too Old to Die Young“ (2019) va Paramount+dagi „The Offer“ mini-serialida rol oʻynagan (2022).
Teller Pennsylvaniada tugʻilgan. Otasi Michael, atom elektr stansiyasi muhandisi va onasi Merry, koʻchmas mulk boʻyicha agent[4][5][6]. Uning ikkita opasi bor: Erin and Dana[5][7]. Uning otasi tomonidan bobosi rus-yahudiylar naslidan edi[8] va shuningdek, uning avlodlari ingliz-amerikan and irland-amerikanlarni ham oʻz ichiga oladi[9][10]. 12 yoshida oilasi Citrus County, Florida ga koʻchishidan[4] oldin Teller bolaligini Pennsylvania va Delawareda oʻtkazadi[11]. U ulgʻashish mobaynida aktyorlik bilan shugʻullanib borgan, oʻrta maktabi drama klubining prezidenti boʻlgan va alto saksafon, baraban, pianino va gitara chala olgan[12][13][14].
Shuningdek, u beysbolni yaxshi oʻynagan va professional boʻlishni orzu qilgan[15]. U Lecanto, Floridadagi Lecanto High Schoolni bitirgan [5].
Keyinchalik, u New York University Tisch School of the Arts maktabiga boradi; u yerda, Lee Strasberg Theatre and Film Instituteda u aktyorlik va Stonestreet Studios bilan sahna harakatlarni oʻrganadi[16][17][18]. U 2009-yil drama boʻyicha bakalavrlik (BFA) ni yoqlaydi[19].
2007-yil Teller 80 mph (130 km/h) tezlikda ketayotgan va boshqaruvni yoʻqotgan bir mashinaning yoʻlovchilari orasida boʻlgan va u mashina sakkiz martta agʻradilgan. Uning yuzida bu halokatdan koʻplab chandiqlar qolgan[20].
Teller 2004-2010-yillar mobaynida qisqa filmlarda paydo boʻladi. 2009-yilda Tisch School of the Artsni bitirganidan soʻng[16] u oʻzining asosiy, debyut kinosini Nikol Kidman uni rol uchun tanlagan „Rabbit Hole“ (2010) filmida qildi[21]. Teller oʻrta maktabda „Footloose“ musiqiy sahna koʻrinishida rol oʻynagan[21] va keyinchalik, 2011-yilda qayta shu nomda yaratilgan „Footloose“ filmida ham paydo boʻladi[22]. 2013-yilda u Shailene Woodley bilan birgalikda „21 & Over“ [23] va „The Spectacular Now“ filmlarida roʻl ijro etadi[24]. Soʻng Damien Chazellening ikkinchi filmi „Whiplash“da (2014) Teller oʻzining qoʻpol jaz oʻqituvchisini (J. K. Simmons) hayratda qoldirmoqchi boʻlgan barabanchi rolini oʻynaydi[25] va bu uni "Gotham Independent Film Award for Best Actor", "Satellite Award for Best Actor – Motion Picture", "BAFTA Rising Star Award" yutuqlari nomzodlari orasiga kirishiga sababchi boʻladi[26].
Teller Divergent filmidagi (2014) va uning davomlari Insurgent (2015) hamda Allegiantdagi (2016) Peter Hayes roli orqali yanada taniladi[27]. Shuningdek, „Qoyilmaqom toʻrtlik“ filmidagi „Mister Fantastic“(2015)[28][29] va „War Dogs“ filmida qurol sotuvchisi Devid Pakuzni oʻynaydi (2016)[30]. U 5 oy davomida „Bleed for This“ biografik filmidagi bokschi Vinny Paz rolini shakllantirish uchun mashq qiladi (2016)[31][32].
2017-yilda u inson biografiyasiga asoslangan „Only the Brave“ va „Thank You for Your Service“ filmlarida roʻl oʻynadi. 2020-yil noyabrda Tellerning „The Fence“ nomli siyosiy satirada rol oʻynashi eʼlon qilindi[33]. 2021-yil sentyabrda Teller produser Albert S. Ruddy rolini oʻynashi kerak boʻlgan „Choʻqintirgan ota“ filmi yaratilishi haqidagi „The Offer“, „Paramount+“ mini-seriallaridagi suratga olish jarayonlari Covid tufayli vaqtinchalikka toʻxtagani aytiladi. Mini-seriallar 2022-yilning aprelidan iyunigacha davom etadi[34]. 2021-yil noyabrda u Taylor Swiftning Blake Lively rejissorlik qilgan „I Bet You Think About Me“ musiqasi klipida paydo boʻladi[35].
2022-yil Top Gun: Maverick filmida rol oʻynadi. U dastlab Tom Kruz bilan bir qatorda yirik filmda suratga tushishi mumkin boʻlgan muvaffaqiyat va eʼtibordan qoʻrqqanligi sababli rolni qabul qilishda ikkilangan edi. Keyin uni bu taklifni qabul qilishiga va u rol uchun juda mos ekanligiga Kruzning oʻzi ishontiradi[36]. 2022-yil mayda Miles Tellerning taʼkidlashicha, u oʻz personajiga bagʻishlangan keyingi filmni studiyaga taqdim etgan. Aktyor bu filmni "Top Gun:Rooster" deb atagan[37]. Oʻsha yilning iyuliga kelib, u Tom Kruz bilan davomiy film boʻyicha munozaralar olib borayotganini aytdi. Mashhurlik va qoʻllab-quvvatlashga kelsak, Teller bu tajriba ajoyib boʻlganini aytadi va „men hayotimda hech qachon bunday narsani boshdan kechirmaganman“ deydi[38]. Teller 2022-yilda Saturday Night Live koʻrsatuvining 48-mavsumining ochilishida oʻzining boshlovchilik debyutini qildi[39] va 2023-yilda „Super Bowl LVII“ telekoʻrsatuvida Teller, uning rafiqasi va ularning iti Bud Light reklama roligida rol oʻynashadi va ular unda mijozlarga xizmat koʻrsatish vakilining ular bilan gaplashishini qoʻyilgan musiqa ostida raqsga tushib kutish bilan vaqt oʻtkazishadi [40].
2013-yildan beri u model Keleigh Sperry bilan yaqin munosabatda boʻlgan[41]. Ular 2017-yil 20-avgustda Janubiy Afrikadagi „Madikwe Game Reserve“ hududiga boʻlgan sayohatda birga boʻlishadi[42]. 2019-yil 1-sentyabrda Maui, Hawaiida turmush qurishadi[43][44].
Yili | Nomi | Roli | Qaydlar |
---|---|---|---|
2010 | Rabbit Hole | Jason | [45] |
2011 | Footloose | Willard Hewitt | |
2012 | Project X | Miles (College Jock) | |
2013 | The Spectacular Now | Sutter Keely | |
21 & Over | Miller | ||
2014 | Whiplash | Andrew Neiman | |
That Awkward Moment | Daniel | ||
Divergent | Peter Hayes | ||
Two Night Stand | Alec | ||
2015 | The Divergent Series: Insurgent | Peter Hayes | |
Fantastik toʻrtlik | Reed Richards / Mister Fantastic | ||
2016 | The Divergent Series: Allegiant | Peter Hayes | |
Get a Job | Will Davis | [46] | |
War Dogs | David Packouz | [6] | |
Bleed for This | Vinny Pazienza | [32] | |
2017 | Only the Brave | Brendan „Donut“ McDonough | [47] |
Thank You for Your Service | Adam Schumann | [47] | |
2022 | Top Gun: Maverick | Bradley „Rooster“ Bradshaw | [48] |
Spiderhead | Jeff | [49] | |
2024 | The Ark and the Aardvark | Gilbert | Yaratilish jarayonida[50] |
TBA | The Gorge | Levi | Filmga olinmoqda |
Yili | Nomi | Roli | Qaydlar |
---|---|---|---|
2009 | The Unusuals | James Boorland | Epizod: „Boorland Day“ |
2019 | Too Old to Die Young | Martin Jones | Mini-seriyalar; 10 epizod |
2022 | The Offer | Albert S. Ruddy | Mini-seriyalar; 10 epizod |
2022 | Saturday Night Live | Himself (host) | Epizod: „Miles Teller/Kendrick Lamar“ |
Yili | Nomi | Roli | Qaydlar |
---|---|---|---|
2004 | Moonlighters | Miles | |
2007 | A Very Specific Recipe | Lee | |
2008 | The Musicians | Miguel | |
2010 | The Track Meet | Andrew |
Yili | Nomi | Roli | Sanʼatkor | Qaydlar |
---|---|---|---|---|
2021 | I Bet You Think About Me | Groom | Taylor Swift Chris Stapleton rolida | Blake Lively rejissorlik qilgan |
Yili | Mukofot | Kategoriya | Mehnati | Natija |
---|---|---|---|---|
2011 | Chlotrudis mukofotlari | Eng zoʻr yordamchi aktyor | Rabbit Hole | Nominatsiya |
2013 | Sundance Film Festivali | Special Jury Prize, dramatik aktyorlik uchun (Shailene Woodley bilan birgalikda) | The Spectacular Now | Yutuq |
Indiana Film Journalistlar Assotsatsiyasi | Eng zoʻr aktryor | Nominatsiya | ||
MTV Movie mukofoti | Eng zoʻr boʻsa (Shailene Woodley bilan birgalikda) | Nominatsiya | ||
Eng zoʻr muvaffaqiyatli ijro | Nominatsiya | |||
Napa Vodiysi Film Festivali | Rising Star mukofoti (Dianna Agron bilan birgalikda) | Tellerning oʻzi | Yutuq | |
2014 | Chlotrudis mukofotlari | Eng zoʻr aktyor | The Spectacular Now | Nominatsiya |
CinEuphoria mukofotlari | Eng zoʻr yordamchi aktyor – Xalqaro musobaqa | Rabbit Hole | Nominatsiya | |
Georgia kino tanqidchilari uyushmasi | Muvaffaqiyat mukofoti | 21 & Over The Spectacular Now |
Nominatsiya | |
BAFTA | Rising Star mukofoti | Whiplash | Nominatsiya | |
Gotham Independent Film mukofotlari | Eng zoʻr aktyor | Nominatsiya | ||
MTV Movie mukofotlari | Eng zoʻr erkak ijrosi | Nominatsiya | ||
#WTF lahzasi | Nominatsiya | |||
Eng zoʻr musiqa lahzasi | Nominatsiya | |||
Satellite mukofotlari | Eng zoʻr aktyor | Nominatsiya | ||
Golden Schmoes mukofotlari | Yilning eng muvaffaqiyatli ijrosi | Nominatsiya | ||
2015 | CinemaCon mukofoti | Ansambl mukofoti (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda) | Fantastic Four | Yutuq |
Teen Choice mukofotlari | Teen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchun | The Divergent Series: Insurgent | Nominatsiya | |
Chlotrudis mukofotlari | Eng zoʻr aktyor | Whiplash | Nominatsiya | |
Gold Derby mukofotlari | Muvaffaqiyatli ijrochi | Nominatsiya | ||
2016 | Golden Raspberry mukofotlari | Eng yomon ekran kombinatsiyasi (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda) | Fantastic Four | Nominatsiya |
Indiana Film Journalistlar assotsatsiyasi | Eng zoʻr aktyor | Bleed for This | Nominatsiya | |
Teen Choice mukofotlari | Teen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchun | The Divergent Series: Allegiant | Nominatsiya | |
2022 | Hollywood Tanqidchilar Assotsatsiyasi Midseason Film mukofoti | Eng zoʻr yordamchi aktyor | Top Gun: Maverick | Nominatsiya |
Peopleʼs Choice mukofotlari | 2022-yilning Erkak kino yulduzi | Nominatsiya |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.