From Wikipedia, the free encyclopedia
Microsoft Office 2003 (kod nomi Office 11[9]) — Microsoft tomonidan Windows operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan va tarqatilgan ofis toʻplami. Dastlab, Office 2003 2003-yil 19-avgustda rivojlantirish va sinov uchun chiqarildi[1] va keyinchalik Windows XP taqdim qilingandan roppa-rosa ikki yil oʻtib, 2003-yil 21-oktyabrda chakana sotuvga chiqarildi[10]. Office 2003 “Office XP”dan keyingi va “Office 2007”dan oldingi mahsulot edi. Mac OS X operatsion tizimi uchun Microsoft kompaniyasi Microsoft Office 2004ni 2004-yil 11-mayda ishlab chiqdi.
Microsoft Office 2003 | |
Ishlab chiquvchi | Microsoft |
---|---|
Chiqarilgan sana | 19-avgust, 2003-yil[1] |
So‘nggi versiyasi | Service Pack 3 (11.0.8173.0)[2] / 17-sentyabr, 2007-yil[3] |
Operatsion tizim |
|
Platforma | Microsoft Windows |
Janr | Office suite |
Litsenziya | Trialware (Microsoft Software Assurance) |
Vebsayt: | web.archive.org/web/20051201092754/http://office.microsoft.com/en-us/default.aspx |
Office 2003ning yangi xususiyatlari axborot huquqlarini boshqarish; yangi hamkorlik dasturlari; XML, aqlli teglar, SharePointni qoʻllab-quvvatlashni yaxshilash; Office onlayn xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish boʻldi[11]. Office 2003 Office mahsulotlari qatoriga ikkita yangi dasturni qoʻshib taqdim etadi: InfoPath, elektron tuzilgan maʼlumotlar shakllarini loyihalash, toʻldirish va yuborish dasturi; va OneNote, diagrammalar, grafikalar, qoʻlda yozilgan eslatmalar, yozib olingan audio va matnlarni yaratish va tartibga solish uchun eslatma yaratish dasturi[12]. Shuningdek, u raqamli tasvirlarni ochish, boshqarish va almashish uchun Picture Manager grafik dasturini taqdim etadi[11].
Office 2003 chiqarilishi bilan Microsoft kompaniyasi mahsulot toʻplamini axborot xodimlariga bagʻishlangan integratsiyalashgan tizim sifatida rebrend qildi. Natijada, Microsoft barcha dasturlarning nomlariga „Office“ brendini qoʻshdi[13]. Office 2003 Windows XPning ranglari va vizual uslublarini[14] va yangilangan piktogrammalarini qoʻllab-quvvatlaydigan birinchi versiya boʻldi [13]. Office logosi ham yangilandi[15]. Office 2003 barcha dasturlarda anʼanaviy menyu paneli va uskunalar paneli interfeysini oʻz ichiga olgan Officening soʻnggi versiyasi[16], shuningdek, standart fayl formati sifatida „97 — 2003“ fayl formatini oʻz ichiga olgan oxirgi versiyasi[17].
Office 2003 Windows NT 4.0, Windows 98, Windows ME va Windowsning oldingi versiyalari bilan mos kelmaydi. Office 2003 uchun minimal talab qilinadigan operatsion tizimlar Windows 2000 SP3 yoki undan keyingi versiyalari, Windows XP, Windows Server 2003, Windows Vista, Windows Server 2008, Windows 7 va Windows Server 2008 R2[4]. Windowsning XP SP2 va Server 2003 SP1 versiyalari uchun Microsoftning soʻnggi talqini. Office 2003 Rasman Windows 8[6], Windows Server 2012[7] yoki Windowsning keyingi versiyalarida qoʻllab-quvvatlanmaydi[5][8].
Microsoft kompaniyasi Office 2003 uchun jami uchta xizmat paketini chiqardi. 1-xizmat paketi 2004-yil 27-iyulda[18], 2-xizmat paketi 2005-yil 27-sentyabrda[19] va 3-xizmat paketi 2007-yil 17-sentabrda chiqarilgan[3].
1-xizmat paketini qoʻllab-quvvatlash 2006-yil 11-iyulda, 2-xizmat paketini qoʻllab-quvvatlash Windows 2000 uchun qoʻllab-quvvatlash tugatilgan bir xil sanada yaʼni 2010-yil 13-iyulda yakunlandi va 3-xizmat paketini qoʻllab-quvvatlash 2014-yil 8-aprelda tugatildi[20] bu esa Windows XP uchun qoʻllab-quvvatlash tugatilgan sana bilan bir xil[21].
Word, Excel, PowerPoint va Access asosiy ilovalarining Office XPdan farqi faqat kichik yangilanishlar edi. Outlook 2003 koʻplab sohalardagi funksiyalarni yaxshiladi, jumladan, elektron pochta va taqvim almashish va maʼlumotlarni koʻrsatish, toʻliq Unicode qoʻllab-quvvatlash, papkalarda qidiruv, rangli bayroqlar, Kerberos autentifikatsiyasi, HTTP orqali RPC va keshlangan almashinuv rejimi. Outlook 2003`ning yana bir muhim afzalligi spam xabarlar filtrini yaxshilanganligi edi. Ishlab chiqaruvchi dasturlarda Planshet va qalamni qoʻllab-quvvatlash ham taqdim qilindi. Word 2003 oʻqish tartibi koʻrinishini, ovozli sharhlar va boshqa xususiyatlar qatorida XML formatini taqdim etdi. Excel 2003 roʻyxat buyruqlari, baʼzi statistik funktsiyalar va XML maʼlumotlarini import qilish, tahlil qilish va oʻzgartirish/hujjatlarni sozlash xususiyatlarini taqdim etdi. Access 2003 boshqa funksiyalar qatorida zaxiralash buyrugʻini, obyektga bogʻliqliklarni koʻrish qobiliyatini, shakllar va hisobotlardagi xatolarni tekshirishni taqdim etdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.