Maryland (talaffuzi: Merilend) - Amerika Qoʼshma Shtatlardan biri boʻlib, AQShning Oʻrta-Atlantika hududida joylashgan. Maydoni 27,1 ming km². Hududining kattaligiga koʻra, shtat Yevropadagi Belgiya davlatiga qiyoslansa boʻladi. Aholisi 6,2 mln. kishi (2020), shundan shahar aholisi 81%. Maʼmuriy markazi — Annapolis shahri, eng yirik shahri va porti — Maryland. AQSh ittifoqiga 28-aprel 1788-yilda 7-shtat boʼlib kirgan. AQSh Soʻrovlar Byurosi 2007-yil avgustda taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Maryland hozir AQShning eng boy shtati hisoblanadi (undan avval New Jersey shtati edi). Shtatdagi bir xoʻjalikning oʻrtacha yillik daromadi 65 ming 144 AQSh dollarini tashkil qiladi[1]. Chesapik qoʻltigʻining har ikki sohiliga tutashgan. Sharqiy qismida sohilboʻyi pasttekisligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), gʻarbiy qismida Appalachi togʻlari (eng baland joyi 1024 m) bor. Iqlimi moʻtadil yumshoq, sernam iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2—3°, iyulniki 25— 27°. Yillik yogʻin 1000 mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — sanoat. Xom ashyoning aksari qismi chetdan keltiriladi. K°Ra metallurgiya sanoati rivojlangan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), radioelektronika, aviaraketa, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yirik metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan ortigʻini chorvachilik beradi. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Shtatning gʻarbiy qismida tamaki yetishtiriladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Maryland orqali Atlantika okeani sohilini Vashington shahri bilan boglovchi muhim yoʻllar oʻtgan[2].

Qisqa faktlar
Maryland
Shtat
Thumb Thumb
Marilend bayrogʻi Marilend tamg`asi

Shtat laqabi: Eski Chegara Shtati; Ozod Shtat
(Old Line State; Free State)

Thumb
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Annapolis
Eng yirik shaharlar Baltimor
Geyzersburg
Rokvill
Maydon

   • Butun
    % suv

AQSh: 42-oʻrinda

32,131 km²
21.22 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 19-oʻrinda

6,177,224
209.23 kishi/km²
8
10

YIM

   YIM
   YIM/kishi

AQSh: 15-oʻrinda

$227,991 million
$40,996

Ittifoqqa kirish

   • Sana

7-boʻlib

28-aprel 1788

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma MD [24]
Shtat guli Black-eyed susan

(Rudbeckia hirta)

Shtat daraxti White oak (see also: Wye Oak)

(Quercus alba)

Yopish

Geografiyasi

Tabiiy geografiyasi

Aholi geografiyasi

Iqlimi

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi

Tarixi

Demografiyasi

Irqchilik

Din

Iqtisodiyoti

Transporti

Avtomobil yoʻllari

Havo yoʻllari

Temir yoʻllari

Qonun va hukumat

Siyosat

Taʼlim

Boshlangʻich va oʻrta taʼlim

Oliy taʼlim

Sport

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.