From Wikipedia, the free encyclopedia
Mayoq — suzib ketayotgan kemalar uchun moʻljal olishga imkon beradigan minora koʻrinishidagi navigatsiya inshooti. Uzoqdan koʻrinib turishi uchun minoraning yuqori qismi yorugʻlik signalizatsiyasi bilan taʼminlanadi. Mayoq qadimdan maʼlum. Mil. avval 283 yil Misr porti Iskandariya yaqinida kurilgan Faros mayogʻi "dunyoning yetti moʻʼjizasi"dan biri hisoblangan (u 1500-yil xizmat qilgan). Qadimda bu maqsadda sham va chiroqlardan foydalanishgan. Elektr toki paydo boʻlganidan keyin elektr yoritqichlardan foydalaniladigan boʻldi. Hozir elektr lampali kuchli optik apparatlar, lazerlar ishlatiladi. Bular tunda Mayoqlarning kamida 15 dengiz mili (taxminan 28 km) dan koʻrinib turishini taʼminlaydi. Mayoqning qirgʻoqqa quriladigan, dengizning oʻzida tabiiy yoki sunʼiy asos ustiga kuriladigan va suzuvchi (Mayoq aggparaturalari oʻrnatilgan kemalar yoki dengizning muayyan joyiga yakor tashlab qoʻyiladigan) xillari boʻladi. Elektr va lazer Mayoqdan tashqari, signalizatsiyaning boshqa turlari ham bor, mas, akustik (nautofon, sirenalar va boshqalar), radiotexnik (qarang Radiomayoq), suv osti (ossillyator, qoʻngʻiroqlar va boshqalar)- Vazifasiga karab, Mayoqlar yoʻl koʻrsatuvchi, qabul qiluvchi (portga yaqinlashganda), ogohlantiruvchi, burilishni koʻrsatuvchi va tavaqali xillarga boʻlinadi. Yorugʻlik, radiotexnik va tovush apparaturali avtomat universal Mayoqlar ham bor (rayem).[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.