From Wikipedia, the free encyclopedia
Mario Casas Sierra – (1986-yil 12-iyunda tugʻilgan) ispaniyalik aktyor. U oʻzining Ispaniya kinosidagi rollari bilan tanilgan va Goya Award, Gaudí Award,Feroz Awards mukofotlariga sazovor boʻlgan.
2006-yilda Motivos personales va Obsesión filmlaridagi kichik rollaridan soʻng, SMS: Sin Miedo a Soñar oʻsmirlar dramasida birinchi marta asosiy qahramon sifatida rol ijro etgan va Summer Rain filmida ilk katta debyutini ijro etgan[1]. Casas Los hombres de Paco teleserialida Hugo Silvava Michelle Jenner bilan birgalikda sevgi uchburchagini namoyish etib katta nufuzga erishdi[2]. U Sex, Party and Lies (2009), Brain Drain (2009), va Three Steps Above Heaven (2010) kabi filmlarda yomon bola Hache roliini ijro etib,oʻzining ish faoliyatida yangi bosqichga koʻtarildi va Ispaniyada mashhurlikka erishdi[3][4][5].Shuningdek, Mario yana El barco (2011−2013) teleserialida ham suratga tushdi[6].
U oʻz ijod faoliyati davomida Unit 7 (2012), I Want You (2012; Three Steps Above Heaven filmining davomi), The Mule (2013), Witching & Bitching (2013), Ismael (2013), My Big Night (2015), Palm Trees in the Snow (2015), Toro (2016), The Invisible Guest (2016), The Bar (2017), The Skin of the Wolf (2017), The Photographer of Mauthausen (2018), Bye (2019), The Occupant (2020), and The Paramedic (2020) kabi qator filmlarda rol ijro etdi.
Mario,shuningdek, inglizlarning xalqaro loyihalari Eden va The 33 da ham faoliyat yuritgan[7][8].
Casasning Cross the Line filmidagi Eng yaxshi aktyor deb topilgani uchun Goya mukofoti topshirildi va u rejissyor sifatida ilk debyutini Caged Wings (2023) filmida qildi.
Casas La-Korunya shahrida dunyoga keldi va u tugʻilgan vaqtda otasi 19 yosh , onasi esa 17 yosh edi[9]. U 4 yoshida Barselonaga koʻchib ketadi[10][11] va ba'zi reklama roliklarida (Cola Cao, Scalextric, Telepizza) rol ijro etadi. Casas oʻsmirlik vaqtlarida oilasi bilan Madridga koʻchib oʻtadi va Cristina Rota maktabida aktyorlik boʻyicha tahsil oladi[12][13].
Casas 2005-yilda 19 yoshidan boshlab bir qancha ispan film va seriallarida kichik-kichik rollarni ijro etgan[14]. Mario oʻzining aktyorlik faoliyatini Obsesión (inglizcha: Obsession) , Motivos personales (Shaxsiy motivlar), Mujeres (Ayollar) teleseriallarida turli kichik rollarni ijro qilishdan boshlagan. Casas 2006-yilda Antonio Banderas tomonidan suratga olingan El camino de los ingleses filmidagi roli bilan mahalliy ommaviy axborot hodimlarining diqqatini tortdi.
O'sha yili aktyor LaSexta serialining SMS tarkibiga qo‘shildi. 2007-yildan 2010-yilgacha Antena 3 serialining Los hombres de Paco qismida Aitor Carrasco kabi xalqaro auditoriyagacha yetib keldi.
2009-yilda Casas ikkita xit filmda rol ijro etdi, Fuga de cerebros (Brain Drain) filmida Amaia Salamanca bilan birga va Mentiras y Gordas (Sex, Party and Lies) filmida oʻzining doʻstlari Yon González[15] , Ana Maria Polvorosa, Ana de Armas va Hugo Silva bilan birga sahnaga chiqdi[16]. Har ikkala film ham chiqqaniga bir hafta bo‘lgach daromadi eng yuqori filmlar ro‘yhatida yetakchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 2010-yilda Casas Paco Cabezasrejissyorligida ishlab chiqarilgan Carne de neón (Neon Flesh) filmida rol ijro etdi va shu yilning dekabr oyida Tres metros sobre el cielo (Osmondan uch metr balandlikda) Mariya Valverde bilan birga ajoyib juftlik bo‘lib rol o‘ynadi va bu film yilning eng ko‘p daromad keltirgan ispan filmi bo‘ldi. Tengo ganas de ti (I Want You) filmida bosh rollarni Casas Valverda va Clara Lago bilan birgalikda o‘ynagan[17]. Shuningdek, Jaume Balagueró rejissyorligida suratga olingan Miedo (2010) filmida ham o‘ynagan[18].
2013-yil oxiri va 2014-yil boshida Casas Antonio Banderas va Juliette Binoche bilan Los 33 ( The 33 ) nomli ingliz tilida o‘ynagan ikkinchi filmi uchun Kolumbiya va Chiliga ketdi[19]. 2015-yilda Mario yana ikkita filmda suratga tushdi: Álex de la Iglesia komediya filmi va My Great Night va Palm Trees in the Snow va Tres metros sobre el cielo filmlarida rejissyorlik qildi[20]. 2016-yil u Oriol Pauloning The Invisible Guest filmida rol ijro etdi , film tanqidlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, Casas bu filmdan katta foyda oldi. Film Ispaniyada 3,9 million AQSh dollari, Xitoyda esa 172,4 million CN¥ daromadga ega bo‘ldi. 2018-yil Casas Ikkinchi jahon urushi vaqtida Mauthausen-Gusen qamoqxonasiga yuborilgan ispan fotografi Francisco Boix haqida hikoya qiluvchi The Photographer of Mauthausen filmida suratga tushdi[21]. Aktyor ushbu rolni ijro etish uchun taxminan 12 kilogramm (26 funt) yo‘qotdi[22].
2022-yil oktabr oyida Casas Deborah Françoisning akasi rolini ijro etgan My Loneliness Has Wings filmini rejissyor sifatida suratga olishni boshladi[23].
Óscar Casas Mario Casasning akasi bo‘lib , Marioning ba'zi kinolarida qahramonlarning yoshroq davrlarini o‘ynagan[24]. Mario Erika Sanz , Amaia Salamanca, María Valverde, Berta Vázquez, Blanca Suárez va Déborah François kabi do‘stlari bilan yaxshi aloqada bo‘lgan[25].
Yil | Film | Rol | Qaydlar | Ref. |
---|---|---|---|---|
2006 | El camino de los ingleses | Moratalla | [26] | |
2009 | Mentiras y gordas | Toni | [27] | |
Fuga de cerebros | Emilio | [28] | ||
2010 | Carne de neón | Ricky | [29] | |
Tres metros sobre el cielo | Hache | [28] | ||
2012 | Grupo 7 | Ángel | [30] | |
Tengo ganas de ti | Hache | Osmondan 3 metr balandlikda filmining davomi | [31] | |
2013 | La mula | Juan Castro | [32] | |
Las brujas de Zugarramurdi | Antonio | [33] | ||
Ismael | Félix | [34] | ||
2015 | Los 33 | Álex Vega | ||
Eden | Felix | |||
Mi gran noche | Adanne | [35] | ||
Palmeras en la nieve | Kilian | [36] | ||
2016 | Toro | Toro | [37] | |
Contratiempo | Adrián Doria | [38] | ||
2017 | El bar | Nacho | [39] | |
Bajo la piel de lobo | Martinón | [40] | ||
2018 | El fotógrafo de Mauthausen | Francesc Boix | [28] | |
2019 | Adiós | Juan | [41] | |
2020 | Hogar | Tomás | [42] | |
El practicante | Ángel | [43] | ||
No matarás | Dani | [44] | ||
2023 | Mi soledad tiene alas | — |
Yil | Film | Rol | Qaydlar | |
---|---|---|---|---|
2005 | Motivos personales | Cameo | „Epizod: “El fin de Victoria Castellanos?“ | |
Obsesión | Nikolas "Niko" Kastilyo | Epizod: „7-qism“ | ||
2006 | Mujeres | Epizod:„1-qism“. Casos Obsesion filmini namoyish etish uchun ekranda paydo bo‘ladi. | [45] | |
2006–07 | SMS: Sin miedo a soñar | Xavi Llorens | 184-epizod | |
2007–2010; 2021-yil | Los hombres de Paco | Aytor Karrasko | 79-epizod | |
2011–2013 | El barco | Ulises Garmendia | 43-epizod | |
2018 | Paquita Salas | O'zi | Epizod: „El secreto“ | |
2019 | Instinto | Marko Mur | Miniserial; 8-epizod | |
2021 | El inocente | Mateo Vidal[46] | Miniserial; 8-epizod |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.