From Wikipedia, the free encyclopedia
Marilyn Manson (talaffuzi: Merilin Menson) — AQSHda tashkil topgan rok musiqa guruhi. Guruhga 1989-yil Marilyn Manson va Daisy Berkowitz (asl ismi Scott Putesky) Florida shtatining Fort Lauderdale shahrida asos solishgan. Guruhning ilk nomi Marilyn Manson & the Spooky Kids boʻlgan. 1990-yillarning boshlarida faqat Amerikada tanilgan guruh keyinchalik butun dunyoda shuhrat qozondi.
Marilyn Manson | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Fort Lauderdale, Florida |
Mamlakat | AQSh |
Faoliyat yillari | 1989-bugun |
Janr |
Industrial-metal Alternativ metal Xevi-metal |
Leybl |
|
Tarkib |
|
Sobiq aʼzolar |
|
Vebsayt | www.marilynmanson.com |
Guruhga asos solinganidan beri uning aʼzolari koʻp marta oʻzgardi. Guruh nomi bilan bir xil ismli Manson musiqiy guruhning yagona oʻzgarmas aʼzosidir. 1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks-ramzlari ismi bilan serial qotillarning familiyasini birlashtirib tuzilgan. Masalan, Marilyn Manson Marilyn Monroe hamda Charles Manson ism-sharifining birlashtirilganidir.
1990-yillarda guruh aʼzolari gʻalati makiyaj va kostyumlar kiyib, sahnada ham, sahna tashqarisida ham atayin odamlarni hayratga soladigan xatti-harakatlarga qoʻl urib tanildilar. Guruh qoʻshiqlari matnlari koʻp holatlarda dinga qarshi mazmuni va jinsiy aloqa, zoʻravonlik va giyohvandlikka oid mavzularga bagʻishlangani uchun tanqidga uchrab keladi. Guruh konsertlari esa koʻp holatlarda haqoratli va odobsiz deb topilgan. Bir necha marotaba norozilik aksiyalari va shikoyat arizalari tufayli guruhning chiqishlari bekor qilingan. AQShning kamida uchta shtatida guruhga davlatga tegishli inshootlarda konsert berish taqiqlangan.
Guruhning toʻrt albomi bir necha marta platinum, ikki albomi gold sertifikatlarini olgan.[1][2] VH1 musiqa telekanali Marilyn Manson guruhini oʻzining 100 Great Artists of Hard Rock roʻyxatida 78-eng yaxshi rok guruh deb topgan.[3] Shu kungacha Marilyn Mansonning 50 milliondan oshiq audioyozuvi sotilgan.[4][5][6][7] Marilyn Manson aksariyat oʻzbekistonlik gotlar uchun sanamdir.[8]
Guruh ijod qilishni 1989-yil Marilyn Manson & the Spooky Kids nomi bilan boshladi. Guruhning ilk tarkibini Marilyn Manson (vokal) Daisy Berkowitz (gitara), Olivia Newton Bundy (bas gitara) va Zsa Zsa Speck (klavishli asboblar) tashkil qilgan. Keyinchalik guruhga Pogo laqabi ostida ijod qilgan klaviyachi Madonna Wayne Gacy va bas gitarachi Gidget Gein qoʻshildi. Bu tarkib bilan demo albom yozildi. 1991-yilda Sara Lee Lucas qoʻshildi. Odamlarni lol qoldirishni istagan guruh oʻz konsertlarida oʻzgacha kiyim va kostyumlar kiyib, olovli tomoshalarni uyushtirdi. Natijada guruh asta-asta eʼtibor qozona boshladi. Xususan, guruh Nine Inch Nails guruhining asoschisi Trent Reznor eʼtiborini qozondi. Oradan koʻp oʻtmay Reznorning Nothing Records leybli bilan shartnoma tuzildi.
Portrait of an American Family („Amerika oilasi portreti“) albomi 1993-yilda yozib bitirildi. Bu vaqtga kelib guruhga bas gitarachi Gidget Geinning oʻrniga Twiggy Ramirez qoʻshildi. Albomga kiritilgan birinchi singl „Get Your Gunn“ („Qurolingni ol“) yaxshi kutib olindi. Buning ortidan guruh oʻzini tanitish uchun turnega chiqdi.
Turne davomida Satan cherkovi asoschisi Anton LaVey Mansonga „muhtaram“ maʼnosini bildirgan va asosan rohiblarga beriladigan „Reverend“ unvonini berdi. Bu orada barabanchi Sara Lee Lucas oʻrnini Ginger Fish egalladi. 1995-yilda guruhning Smells Like Children nomli EP albomi chiqarildi. Albomga kiritilgan „Sweet Dreams (Are Made of This)“ („Shirin tushlar (Mana shundan iborat)“) ashulasi kaveri MTV kanalida muntazam ravishda taqdim etila boshladi, natijada guruh muxlislari soni koʻpaydi.
1990-yillarning oʻrtasida guruh ikkinchi studiyaviy albom ustida ish boshladi. Bu paytga kelib guruh aʼzolari oʻrtasida tanglik yuzaga kelgan edi. Guruh aʼzolar giyohvand moddalarni qabul qilishi tanglikni keskinlashtirdi. Guruh asoschilaridan biri, gitarachi Daisy Berkowitz albom yozib tugatilishidan oldin guruhni tark etdi. Shu sabab albomga kiritilgan ashulalarda gitarani asosan Twiggy Ramirez chaldi. Keyinchalik guruhga Zim Zum qoʻshildi.
1996-yilning oktabrida guruhning ikkinchi studiyaviy albomi — Antichrist Superstar („Isoga qarshi super yulduz“) albomini sotuvga chiqdi. Unga kiritilgan „The Beautiful People“ („Boyvachchalar“) singli guruhga katta shuhrat olib keldi. Guruhning oʻz konsertlari davomida qoʻshiqlar mazmuni va guruh aʼzolarining tashqi koʻrinishi tufayli qarshilikka yoʻliqdi.
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
1998-yilning sentabrida Mechanical Animals („Mexanik hayvonlar“) yangi albomiga sotuvga chiqdi. Albomdagi qoʻshiqlarni yozishda Zim Zum qatnashdi, ammo guruhni tark etdi va uning oʻrniga John 5 keldi.
1999-yildagi turne davomida Columbine maktabidagi qirgʻin sodir boʻldi. AQSh matbuoti Marilyn Manson guruhini qotil oʻquvchilar Eric Harris va Dylan Kleboldga taʼsir koʻrsatishda ayblandi. Ammo keyinchalik na Harris, na Klebold Mansonning muxlisi boʻlgani aytildi.[9][10] Guruh turnening qolgan konsertlari bekor qildi, ammo bir vaqtning oʻzida fojia uchun musiqa, kinolar, kitoblar yoki videooʻyinlarni ayblamaslikka chorladi.
Uzoq vaqtga choʻzilgan tanaffusdan keyin 1999-yilda The Last Tour On Earth (Yerdagi soʻnggi turne) nomli konsert albomi chiqarildi. 2000-yilda Holy Wood (In The Shadow Of The Valley Of Death) (Muqaddas oʻrmon (Oʻlim Vodiysi soyasida)) albomi eʼlon qilindi. Manson bu albomda Columbine qirgʻinidan keyin his qilgan tuygʻularini bayon qildi va AQShning zoʻravonlikni olqishlovchi madaniyatini tanqid qildi. Albomni tanqidchilar yuqori baholagan boʻlsa-da, uning savdosi chaqqon boʻlmadi.
2000-yillar boshida bas gitarachi Twiggy Ramirez guruhni doʻstona ohangda tark etdi va uning oʻrniga Tim Skold keldi. Elektronika musiqa janri bilan yaxshi tanish boʻlgan Skold guruhning musiqiy ohangiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 2003-yil guruhning The Golden Age Of Grotesque (Groteskning[izoh 1] oltin davri) albomi eʼlon qilindi. Albomni targʻib qilishga bagʻishlangan turne davomida guruh 1930-yillarga xos qiyofa va tomoshalarni namoyish qildi.
2004-yilda guruhning Lest We Forget (Esimizdan chiqmasligi uchun) nomli „best of“ (eng sara qoʻshiqlar toʻplami) chiqarildi. Albom eʼlon qilinishi ortidan John 5 guruhdan ketdi.
2007-yilning 5-iyunida guruhning yangi albomi — Eat Me Drink Me (Ye meni, ich meni) sovutga chiqarildi. Bu paytga kelib Manson oʻsha paytdagi hamkori Dita Von Teesedan ajrashgan edi. Shu sababdan albomda sevgi mavzusi yoritildi.
2006-yil guruhning uzoq yillik klavishchisi Madonna Wayne Gacy guruhdan ketdi. Albomni yozish ishlari tugagandan keyin Chris Vrenna (klavishlar) va Rob Holliday (bas gitara) guruhga qoʻshildi.
2009-yilning 25-mayida guruhning The High End of Low (Pastning yuqori qismi) albomi chiqarildi. Albom Billboard 200 roʻyxatida 4-oʻrinda debut qildi. Albomning rasmiy singllari — „Arma-Goddamn-Motherfuckin-Geddon“ („armageddon“, „goddamn“ va „motherfucker“ soʻzlaridan tuzilgan) va „Running to the Edge of the World“ („Dunyoning chekkasiga yugura“) qoʻshiqlaridir.
|
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
2012-yilning 1-mayida guruhning Born Villain (Yovuz boʻlib tugʻilgan) albomi chiqarildi. Guruh aʼzolari yangi albomni „ogʻirroq“ deb baholadilar. „No reflection“ („Hech qanaqa aks“) va „Slo-Mo-Tion“ („Sekinlashtirib suratga olish“) qoʻshiqlari singl sifatida chiqarildi. Albom Billboard 200 roʻyxatida 10-oʻrinda debut qildi.
2015-yil 15-yanvarda The Pale Emperor (Rangi oʻchgan imperator) albomi sotuvga chiqdi. „Third Day of a Seven Day Binge“ (Yetti kunlik mayxoʻrlikning uchinchi kuni), „Deep Six“ („Chuqur olti“) hamda „Cupid Carries a Gun“ („Qurol koʻtargan sevgi tangrisi“) qoʻshiqlari singl sifatida chiqarildi. Albom Mansonning onasi xotirasiga bagʻishlangan. Uning onasi sakkiz yil davomida Alzheimer kasalligi hamda demensiyadan aziyat chekib, 2014-yilga vafot etgan edi.
2017-yil 6-okabrda Heaven Upside Down (Jannat ostin-ustun) albomi sotuvga chiqdi. „We Know Where You Fucking Live“ („Qayerda yashashingizni bilamiz“) hamda „Kill4Me“ („Men uchun oʻldir“) qoʻshiqlari singl oʻlaroq chiqarildi. 2017-yilning 22-oktabrida guruh asoschilaridan biri gitarachi Daisy Berkowitz 49 yoshida kolorektal rakdan vafot etdi. Oktabr oyida bas gitarachi Twiggy Ramirez guruhdan chetlatildi, chunki uni sobiq oʻrtogʻi Jessicka zoʻrlashda aybladi.
2020-yilning 11-sentabrda We Are Chaos (Biz — xaos) albomi eʼlon qilindi. „We Are Chaos“ hamda „Don't Chase the Dead“ („Oʻliklarni quvma“) qoʻshiqlari singl oʻlaroq chiqarildi. Albomning sotuvi chaqqon boʻldi va tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. 2021-yilning boshida Mansonning sobiq oʻrtogʻi Evan Rachel Wood va boshqalar qoʻshiqchini jinsiy va ruhiy zoʻravonlikda aybladi.
1996-yilgacha guruh aʼzolarining ismlari mashhur ayol seks-ramzlarning ismi va serial qotillarning familiyasini birlashtirib tuzilgan. Quyida guruh aʼzolari (avvalgi va hozirgi) ismlarining kelib chiqishi berilgan:
Studiyaviy albomlar:
1994 — Portrait of an American Family
1995 — Smells Like Children
1996 — Antichrist Superstar
1997 — Remix & Repent
1998 — Mechanical Animals
1999 — The Last Tour on Earth
2000 — Holy Wood (In the Shadow of the Valley of Death)
2003 — The Golden Age of Grotesque
2004 — Lest We Forget
2007 — Eat Me, Drink Me
2009 — The High End of Low
2012 — Born Villain
2015 — The Pale Emperor
2017 — Heaven Upside Down
2020 — We Are Chaos
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.