![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/72/Maksim_Shatskikh_2014.jpg/640px-Maksim_Shatskikh_2014.jpg&w=640&q=50)
Maksim Shatskix
From Wikipedia, the free encyclopedia
Maksim Aleksandrovich Shatskix (1978-yil 30-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi.
![]() Shatskix 2014-yilda Ujgorodning "Goverla" jamoasida o'ynagan | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Maksim Aleksandrvich Shatskix | ||
Tavallud sanasi | 30-avgust 1978-yil (1978-08-30) (45 yosh) | ||
Tavallud joyi |
![]() | ||
Boʻyi | 183 cm (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Laqabi | Maks | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | Bosh murabbiy | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() ![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996 1996 1997 1998 1999 1999–2009 2009 2010–2013 2013 2013 2014–2015 2015–2016 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
(12 (0) 4 (0) (9) 27 (9) 19 (5) 215 (97) 15 (8) 93 (22) 6 (0) 12 (1) 34 (6)) | |
Milliy terma jamoa | |||
1999–2014 |
![]() | 61 | (34) |
Boshqargan klublari | |||
2022– |
![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
U barcha davrlarning eng yaxshi oʻzbek futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan va hozirda 61 o‘yinda 34 ta gol bilan Oʻzbekiston terma jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Shatskix — Sergey Rebrov bilan birga 341 oʻyinda 123 ta gol urib, Ukraina Premer-ligasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.[1] U 1999-yildan 2009-yilgacha Kievning „Dinamo“ jamoasida oʻn yil oʻynadi .[2]
1999-yil 28-iyulda Shatskix UEFA Chempionlar ligasida gol urgan birinchi osiyolik futbolchi boʻldi va UEFA futbol musobaqalarida gol urgan Mirjalol Qosimovdan keyin ikkinchi oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi. Xalqaro miqyosda u Oʻzbekiston terma jamoasi safida uchta OFK Osiyo Kubogida qatnashib, 2011-yilda toʻrtinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi.
„Dinamo“ Kiyev klubidan soʻng bir necha klublarda toʻo surgan Maksim faoliyatini yakunida „Rux Vynnyky“ uchun oʻynadi. 2016-yilning 8-aprelida u futbolchilik faoliyatini yakunlagani va „Dinamo“ futbol akademiyasining murabbiylar shtabiga aylangani maʼlum bo‘ldi.[3]