M 32
From Wikipedia, the free encyclopedia
M 32 (NGC 221) — Andromeda yulduzlar turkumidagi mitti elliptik galaktika boʻlib, Andromeda galaktikasining (M 31) fazoviy yoʻldoshi. 1749-yilda Le Gentil tomonidan kashf etilgan (fransuzcha: Le Gentil).
M32 | |
---|---|
![]() | |
Maʼlumot | |
Obyekt turi | E2 |
Joylashuvi | |
Davri | J2000.0 |
Fizik xossalari | |
Masofa | taxminan 2.9 million yorugʻlik yili |
Massasi | 3 000 000 000 M☉ |
Ixtirochi | Le Gentil |
Shuningdek qarang: Galaktika, Galaktikalar roʻyxati |
U Hubble fazoviy teleskopi vositasida E2 galaktikasining namunasi sifatida tasniflangan[1].
Astrofiziklar Very Large Array radioteleskoplaridan foydalangan holda M32 elliptik galaktikasida M32* supermassiv qora tuynugi borligini ham aniqlashga muvaffaq boʻlishdi[2][3]. Uning massasi taxm. 2,5 million Quyosh massasiga teng boʻlib, bu Somon yoʻli galaktikasidagi qora tuynuk massasidan (taxminan 4 million Quyosh massasi)[4][5] kichikdir.
Michigan universiteti astrofiziklari Andromeda galaktikasini (M31) oʻrab turgan yulduzlar yogʻdusining koʻp qismi 2 milliard yil avval Andromeda galaktikasi bilan toʻqnashgan yirik M32p galaktikasi qoldiqlari ekanini hisoblab chiqishdi. Toʻqnashuvdan soʻng galaktikaning qolgan-qutgan yulduzlari M 32 galaktika yoʻldosh koʻrinishida Andromeda galaktikasi atrofida aylanmoqda[6][7].