From Wikipedia, the free encyclopedia
Andromeda galaktikasi spiral tuzilishga ega hamda galaktikalar ichida Somon yo'liga eng yaqin galaktika hisoblanadi. U dastlab Andromeda tumanligi deb nomlangan va Messier 31, M31 va NGC 224 kabi kataloglarga kiritilgan. Andromedaning diametri taxminan 152 000 yorug'lik yiliga teng. Galaktikaning nomi Andromeda yulduz turkumidan kelib chiqqan. Turkumning nomi esa yunon mifologiyasida Perseusning xotini boʻlgan malika sharafiga nomlangan. Andromeda galaktikasining massasi taxminan Somon yo'li bilan barobar, ya'ni 1 trillion quyosh massasiga teng. Ikkala galaktikaning massasini ham aniqlik bilan hisoblash qiyin, lekin Andromeda galaktikasi Somon yo'lidan 25% dan 50% gacha kattaroq bo'lishi mumkin degan taxminlar uzoq vaqtdan beri ilgari surilgan. Lekin bu taxminni 21-asr boshlarida olib borilgan tadqiqotlar yo'qqa chiqargan. Ushbu tadqiqot natijasi Andromeda galaktikasi Somon yo'lidan ko'ra kamroq massaga ega ekanligini ko'rsatgan[1]. Andromeda galaktikasining diametri taxminan 152 000 yorug'lik yiliga kengayishi uni Somon yo'liga yaqin galaktikalar guruhining eng yirik aʼzosiga aylantirgan. Somon yo‘li va Andromeda galaktikalarining bir-biri bilan to‘qnashishi taxminan 4–5 milliard yil ichida sodir bo'lishi kutilmoqda. Bu galaktikalar birlashib ulkan elliptik galaktika yoki katta lentikulyar galaktikani hosil qiladi. Koʻrinma yulduz kattaligi 3,4 ga teng boʻlgan Andromeda galaktikasi Messier obʼyektlari ichida eng yorqinlari qatoriga kirgan. Yerning atmosferasi o'rtacha darajada ifloslangan joylarida ham hattoki hech qanday teleskoplarsiz koʻrish mumkin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.