From Wikipedia, the free encyclopedia
Lev Nikolayevich Popov (1932-yil 18-mart – 2008-yil 8-oktyabr, Moskva, Rossiya) – sovet va rus arxitektori. Moskva, Novosibirsk, Praga, Boku va Toshkent metrolarining yerosti va yerusti inshootlari loyihachisi.
Lev Nikolayevich Popov | |
---|---|
Tavalludi |
18-mart 1932-yil |
Vafoti |
8-oktyabr 2008-yil (76 yoshda) Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Kasbi | arxitektor |
Sohasi | modernizm |
Ish joylari | Moskva, Praga, Toshkent, Boku, Novosibirsk |
Taʼlimi | Moskva arxitektura instituti |
Mashhur ishlari | Mustaqillik maydoni metro bekati[1] |
Lev Nikolayevich Popov 1932-yil 18-martda tugʻilgan. Lev Popov oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng Moskva arxitektura institutiga oʻqishga kirgan va u yerni 1965-yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini Metrogiprotrans institutida boshlagan. U oʻtgan asrning 70-80-yillaridagi bir necha metro stansiyalari loyihalarining muallifi hisoblanadi. Lev Popov butun dunyoga Moskva metrosining meʼmori nomi bilan mashhur. Biroq, uni bir qancha avangard loyihalari uchun tez-tez tanqid qilishgan. Lev Popov buyuk sovet meʼmori Aleksey Nikolayevich Dushkin tomonidan ishlab chiqilgan meʼmorchilik tamoyillarini qayta koʻrib chiqish orqali oʻzining yangi ijodiy uslubini yaratgan[2].
Lev Nikolayevich Popov oʻn uchta Moskva metro stansiyalari loyihalarining hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, Boku (Ganjlik bekati, 1967) va Toshkent (Mustaqillik maydoni bekati, 1977) shaharlaridagi metro bekatlarini loyihalashda ham faol tarzda ishtirok etgan[3]. Lev Popovning soʻnggi loyihasi Dostoyevskaya metrosi boʻlib, 2010-yilda meʼmorning oʻlimidan keyin foydalanishga topshirilgangan[4].
Bekat | Yoʻnalish | Ishga tushgan yili | Hammuallif |
---|---|---|---|
Chistye Prudy (qayta qurish) | 1 | 1971-yil | A.F.Fokina |
Turgenevskaya | 6 | 1971-yil | A.F.Fokina |
Polejaevskaya | 7 | 1972-yil | A.F.Fokina |
Belyaevo | 6 | 1974-yil | V.G.Polikarpova, V.I.Klokov |
Sxodnenskaya | 7 | 1975-yil | A.F.Fokina |
Babushkinskaya | 6 | 1978-yil | V.I.Klokov |
Ilyich maydoni | 8 | 1979-yil | V.I.Klokov |
Naximovskiy prospekti | 9 | 1983-yil | V.S.Volovich, V.I.Klokov, G.S.Mun |
Orexovo | 2 | 1985-yil | V.S.Volovich, G.S.Mun |
Borovitskaya | 9 | 1986-yil | V.S.Volovich |
Otradnoye | 9 | 1990-yil | V.S.Volovich |
Rimskaya | 10 | 1995-yil | N.V.Rasstegnyaev |
Dostoyevskaya | 10 | 2010-yil | N.V.Rasstegnyaev |
Boku: „Ganjlik“ (hammuallif), 1967-yil.
Toshkent: „Mustaqillik maydoni bekati“, 1977-yil.
Novosibirsk: „Garin-Mixaylovskiy maydoni“, 1984-yil.
Praga: „Andel“, 1985-yil.
Lev Nikolayevich Popov metro stansiyalarini loyihalash boʻyicha tanlovlarda ishtirok etgan. Ushbu tanlovlarda oʻz loyihalari uchun bir necha bor taqdirlangan:
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.