From Wikipedia, the free encyclopedia
Lahmajun (arabcha: لحم بعجين bi-adjin- „xamirli goʻsht“, armancha: Լահմաջո, turkcha: Lahmacun) sharqona xalqlarning mashhur taomidir. Milliy Xoxishlargaga koʻra, uni arman, turk yoki arab pitsasi deb atashadi[1]. Taomning asosiy komponenti qarsildoq yupqa yopgan non boʻlib, unga qiymalangan goʻsht (asosan qoʻy goʻshti, kamdan-kam hollarda mol goʻshti), pomidor yoki uning sousi, bolgar qalampiri, piyoz, sarimsoq, koʻkatlar, qora murch, oregano solinadi[2]. Toʻgʻri pishirilgan lahmakunning vazni taxminan 150-170 grammni tashkil qiladi.
Armanistonda Sovet ittifoqi davrida, 1960-yillarda lahmajun Suriyaning Halab shahridan kelgan repatriantlar tufayli mashhurlikka erishdi[1].
Sharqda obi nonlar bir necha asrlardan buyon tayyorlanib kelinadi. Ularni tandirda yopishadi, metal tova va sajlarda qovurilgan[3]. Isteʼmol qilishga va olib yurishga qulay boʻlishi uchun goʻsht va boshqa mahsulotlar non ichiga solinib, soʻng oʻralgan. Bu turdagi taomlarning koʻpchiligi (lahmakun bilan birga — masalan, sfiha va manakish) bir vaqtlar Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarda, birinchi navbatda, Turkiya, Suriya, Livan, Iroq va Armanistonda mashhur boʻldi[3][4].
Istanbulda bu taom 20-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan[5], unga qadar esa mamlakatning janubi-sharqiy hududlaridagina keng tarqalgan edi[6]. 2016-yilda Rossiyada ochilgan, asosan lahmakun tayyorlashga moʻljallangan, arman oshxonasiga ixtisoslashgan ikki restoran turk matbuotida noroziliklarga sabab boʻldi[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.