Kvebek (shahar)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kvebek (fransuzcha: Québec, talaffuzi: [ke.bɛk]; inglizcha: Quebec, talaffuzi: [kwəˈbɛk] yoki [kəˈbɛk]) – Kanadaning janubi-sharqiy qismidagi shahar; Kvebek provinsiyasining maʼmuriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish yerida. Aholisi 549,5 ming kishi (2021); koʻpchiligi kanadalik fransuzlar. Kvebek muhim temir yoʻl tuguni. Yirik dengiz porti (yillik kj ortib-tushirish 1,5 million tonna). Kvebek orqali chetga yogʻoch-taxta, qogʻoz, gʻalla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yogʻoch tilish, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar koʻp keladi. Laval universiteti, institutlar, Kvebek provinsiyasi muzeyi, universitet muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan XVII–XIX asrlarga oid binolar, San-Lavrentiy daryosiga qurilgan koʻprik va boshqa saqlangan. Shaharga 1608-yilda asos solingan.
Kvebek Québec (fransuzcha) | |
---|---|
Shahar | |
46°48′58.00″N 71°13′27.01″W | |
Mamlakat | Kanada |
Provinsiya | Kvebek |
Hukumat | |
• Mer | Bruno Marchand [en] |
Asos solingan | 1608-yil 3-iyul |
Maydon | 485.77[1][2] km2 (187.56 kv mi) |
Aholisi (2021[1]) |
549 459 |
Zichligi | 1210 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC-5 |
Telefon kodi | +1-418 |