Qogʻoz

From Wikipedia, the free encyclopedia

Qogʻoz

Qogʻoz vodorod bogʻlanish bilan birlashgan sellyuloza tolalaridan iborat yupqa materialdir. Yogʻoch, paxta yoki qogʻozni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi.

Qogʻoz varaq.

Qogʻoz — asosan, oʻsimlik tolalaridan tayyorlanadigan yupqa material. Turli xil jinsdagi daraxt yogʻochi va bir yillik oʻsimlik sellyulozasi hamda yogʻoch massasidan ishlanadi. Qogʻoz massasiga oʻsimlik tolalaridan tashqari turli qoʻshimcha (toʻldirgich)lar, mas, oq tus beradigan, zich, silliq qiladigan, boʻyoq olish xususiyatini yaxshilaydigan mineral moddalar (kaolin, talk va boshqalar); siyohni yoyiltirmaydigan yoki qogʻozni puxta va zich qiladigan yelimlovchi materiallar (kani-fol yelimi, kraxmal, smola va hokazo); boʻyagichlar, kimyoviy tolalar va boshqa qoʻshiladi.

Qogʻoz dastlab (2-asr) Xitoyda olingan. Say Lun oʻsimlik tolalarining suvli boʻtqasini toʻrdan oʻtkazib, Qogʻoz olishga muyassar boʻlgan. Bu usul koʻp vaqtlargacha sir saqlab kelindi, 6-asr boshlarida Yaponiyada joriy qilindi. 6—8-asrlarda Qogʻoz ishlab chiqarish Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqaldi. 7-asrning boshlaridan — 19-asrning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan Qogʻoz Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. Keyinchalik Qogʻoz tayyorlash arablar orqali Eron, Shimoliy Afrika va Kiprga, keyinroq esa Ispaniya, Marokash va boshqa mamlakatlarga yoyildi. Qogʻoz bungacha yozuvda ishlatib kelinayotgan papirus va boshqa materiallarni siqib chiqardi. Keyinchalik (taxminan 10-asrda)Qogʻoz ishlab chiqarish Ispaniyadan Yevropadagi barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiyaga oʻtdi. 15—16-asrlarda kitob bosish kashf qilinganidan keyin q. ishlab chiqarish surʼati tezlashdi. 17— 18-asr mobaynida Gollandiyada yangi tuyish apparati — roll ixtiro qilindi, fransuz ixtirochisi N. L. Rober qoʻl bilan uzluksiz aylantirib turiladigan sim toʻrli Qogʻoz quyish mashinasini yaratdi. Keyinchalik bu sodda mashinaga presslash, quritish, kalandr va rulon qilib oʻrash seksiyalari qoʻshildi.

19-asr 60-yillarida Qogʻoz mashinasi deyarli hozirgi Qogʻoz mashinasi kabi qismlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik Qogʻoz mashinasining barcha qismlari takomillashtirildi. Qogʻoz ishlab chiqarish tezligi oʻnlarcha marta oshi-rildi. Latta xom ashyosi oʻrniga yogʻoch sellyulozasi tolalari ishlatiladigan boʻldi. Qadimgi roll mashinasi uzluksiz ishlaydigan tuyish appa-ratlariga almashtirildi. Sintetik polimer smola va tolalar borgan sari koʻproq ishlatiladigan boʻldi va Qogʻoz ishlash texnikasi takomillashtirildi (qarang Sellyuloza).

Qogʻozning 600 dan ortiq turi bor. Qogʻoz, asosan, yozish, daftar va kitoblar chiqarish uchun ishlatiladi. Koʻpchilik hollarda Qogʻoz va karton toʻqimachilik, yogoch ishlash va shisha sanoati mahsu-lotlari bilan raqobatlashmoqda. Ular turli metall buyumlari oʻrnini egallamoqda, konstruksion, izolyatsiya-lovchi, qistirma, filtrlovchi, par-dozlovchi va hokazo materiallar sifatida ishlatilmoqda.

Qogʻoz qanday maqsadlarda ishlatilishiga koʻra, massasi (1m;da 4—250 g). qalinligi (4 mm dan 400 mm gacha). mexanik xossalari (uzilish uzunli-gi, sinish, ezilish, titilish. siqilish, buralish), yelim olishi, kul-liligi, namliligi, rangi, oqlili-gi, silliqligi, singdirish qobiliya-ti, havo, bugʻ, yogʻ oʻtkazmasligi, die-lektrikligi va boshqa xossalari bilan ifo-dalanadi.

Xalqaro tasnifga koʻra, Qogʻoz quyidagilarga boʻlinadi: Matbuot Qogʻoz (bosmaxona, ofset, illyustratsiya, kartografiya, boʻrlangan Qogʻoz) — juda silliqligi, oqligi, bosma boʻyoqni yaxshi singdirishi bilan ajraladi. Gazeta q. bilan gul (oboy) Qogʻoz ham shu sinfga oid. Yozuv Qogʻoz (yozuv, pochta, konvert, kartochka Q) — yelim olishi, singdirish xususiyatining kichikligi, juda silliqligi bilan ajraladi. Chizmachilik-rasmchilik Qogʻoz (rasm, chizmachilik, chiz-machilik kalkasi Qogʻoz) — yelimni yaxshi oladi. Elektroizolyatsion Qogʻoz (kondensator, kabel, telefon, izo-lyatsion-oʻrov Qogʻoz) — mexanik mustah-kamligi, dielektriklik xossasi yax-shiligi bilan ajraladi. Papiros Qogʻoz (mundshtuk, papiros, sigaret, chekma Qogʻoz) — bu sinf Qogʻozning kompozitsiyasi. xossasi va tayyorlanish texnologiyasi turlicha. Shimuvchi Qogʻoz (filtr, bosma, singdiruvchi Qogʻoz) — fibra, pergament, sanitariyagigiyena mahsulotlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Apparat Qogʻoz (telegraf len-tasi, Krid lentasi, perfokarta Qogʻoz) — mexanik mustahkamligi bilan ifodalanadi. Yorugʻlik sezgir Qogʻoz — mexanik mustahkamligi, yaxshi yelim olishi bilan ajraladi, fotografiyada ishlatiladi (qarang Fotografiya). Koʻchirish Qogʻoz (kopirovka va koʻchirish Qogʻoz) — maxsus ishlov berib tayyorlanadi. Oʻrov Qogʻoz — oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini oʻrash uchun ishlatiladi. Sanoat-texnika Qogʻoz (patron, jilvir, diffuzor tovush yozib olish, ip oʻrashda ishlatiladigan va hokazo) — paxta tolasi, asbest, sunʼiy tolalardan oddiy usulda ishlab chiqariladi.

Q boʻtqasini tayyorlash texnologiyasi tola materiallarini tuyish; tolaga mos kompozitsiya tuzish; suspen-ziya, toʻldirgich, boʻyagichlar tayyorlash; q. braklarini qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Qogʻoz qogoz tayyorlash mashinasida olinadi. U uzluksiz ishlaydigan koʻp seksiyali agregat. Unda sersuv tola suspenziyasidan q. va baʼzi bir turdagi karton olinadi. Qogʻoz tayyorlash mashinasi 2 asosiy turga: yassi toʻrli (asosiy qogʻoz turlari ishlab chiqariladigan) va dumaloq toʻrli (baʼzi qogʻoz turlari va karton ishlab chiqariladigan) tiplarga boʻlinadi.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.