From Wikipedia, the free encyclopedia
Kurobe (yaponcha: 黒部市 Kurobe-shi ) Yaponiyaning Toyama prefekturasi Chubu mintaqasida joylashgan shahardir. 2018-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 15387 ta xonadonda 41564 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 95,8 nafarni tashkil qiladi. Uning umumiy maydoni 426,31 kvadrat kilometrni (164,60 mi²) tashkil etdi.
Kurobe 黒部市 | |
---|---|
Shahar | |
36°52′17.2″N 137°26′51.9″E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 426.31 km2 (164.60 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2018-yil fevral) |
41,564 |
Zichligi | 95.8 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0765-54-2111 |
|
Kurobe Toyama prefekturasining shimoli-sharqida joylashgan boʻlib, topografiyasi Toyama koʻrfazidagi dengiz sathidan tortib, Nagano prefekturasi bilan chegaradosh Shimoliy Alp togʻlarining 3000 metrli togʻlariga qadar davom etadi. Shahar boʻylab Kurobe daryosi oqib oʻtadi.
Kurobe nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi yumshoq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Kurobe shahrida oʻrtacha yillik harorat 13,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2277 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,6 °C atrofida boʻladi[2].
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kurobe aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 41,847 | — |
1980 | 43,096 | +3.0% |
1990 | 43,754 | +1.5% |
2000 | 43,084 | −1.5% |
2010 | 41,852 | −2.9% |
2020 | 39,638 | −5.3% |
Bu hududda Aimotohimesha ziyoratgohi joylashgan boʻlib, uning nomini Kurobe daryosi bilan uyqash tuyiladi, ikkalasi ham Kurobe daryosining kuchli iloni haqidagi mahalliy afsonaning markaziy elementini hisoblanadi[4].
Hozirgi Kurobe hududi qadimgi Etchu provinsiyasi tarkibiga kiritilgan. Ikuji va Mikkaychi shaharlari 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan bunyod etilgan. 1954-yil 1-aprelda Ikuji shahri Sakurai shahri bilan birlashib, Kurobe shahrini hosil qilgan[5].
2006-yil 31-martda Unazuki shahri (Shimoniikava tumanidan) Kurobega birlashtirildi[5].
Kurobe toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.
Kurobe shahrida YKKning jahon shtab-kvartirasi joylashgan.
Kurobe shahrida toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi hamda toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.