Oʻrta yer dengizining shimoliy qismidagi orol From Wikipedia, the free encyclopedia
Korsika — Oʻrta dengizning shimolidagi qismidagi orol. Uzunligi 183 km, kengligi 85 km. Maydoni 8,7 ming km². Qirgʻoqlari gʻarbida tik va qoyali, kuchli parchalangan, qoʻltiq koʻp, sharqida tekis, past va kam parchalangan. Korsika, asosan, granit va gilli slanetslardan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi 2710 m (MonSento choʻqqisi). Iqlimi oʻrta dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 12—13°, iyulniki 24—26°, yillik yogʻin tekisliklarda 600 mm dan, togʻlarda 1200 mm gacha. Daryolari qisqa, yozda suvi kamayib, baʼzan qurib qoladi. Makvis va doim yashil butazorlar, dub, qaragʻay, qoraqaragʻay oʻrmonlari, togʻ tepalarida subalp va alp oʻtloqlari bor. Sohil va vodiylarda subtropik dehqonchilik qilinadi. Tokchilik, bogʻdorchilik rivojlangan, togʻ yon bagʻirlarida donli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, yilqi boqiladi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Bosh shahri — Ayachcho. Qadimda Korsikada iberi va liguri qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 3-asrda Rim, milodiy 6—8 asrlarda Vizantiya, 9-asrda arablar egallagan. 11-asrda Piza, 1347—1764-yillarda Genuya, 1768-yildan Fransiya tarkibida. Korsikada Napoleon Bonapart tugʻilgan.[1]
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 8680 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Monte Cinto |
Ma'muriyat | |
Davlat | Fransiya |
Mintaqa | Metropolitan France |
Demografiya | |
Aholisi | 347 597 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.